uz
Internet banking

Bankning kollegial organlari

Kredit qo‘mitasi

Qo‘mita – filiallar vakolatidan yuqori bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Kredit qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi filiallar kredit komissiyalari murojaatlari asosida quyidagi masalalarda qarorlar qabul qiladi:

  • filiallar vakolatidan yuqori bo‘lgan summada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga milliy valyutada kreditlar ajratish;
  • xorijiy valyutada kreditlar ajratish;
  • bank kafolatlari berish;
  • ajratilgan kreditlar yoki berilgan kafolatlarning shartlarini o‘zgartirish;
  • o‘z vakolatidan yuqori bo‘lgan masalalarni bank Boshqaruvi ko‘rib chiqish uchun tayyorlash.

Investitsiya qo‘mitasi

Qo‘mita – Ipoteka-bank bosh ofisida boshqaruv a’zolari hamda yetakchi boshqarmalar rahbarlari ishtirokida tuzilib, Ipoteka-bankning tasdiqlangan investitsiya siyosati asosida amalga oshiriladigan investitsiyalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Shuningdek, investitsiya kiritilgan korxonalarning moliyaviy holati va investitsiyaning samaradorligi bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlaydi.

Tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha tanlov komissiyasi

Komissiya – Ipoteka-bank va uning filiallari faoliyati uchun zarur bo‘ladigan xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Bank uchun tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar xarid qilishda bir necha yetkazib beruvchilar o‘rtasida sifatning yuqoriligi, narhning maqbulligi, yetkazib berish muddati mosligi va boshqa tamoyillar asosida bankning xaridlardagi xarajatlarini oqilonalashtirish maqsadida ish yuritadi.

Bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga nomzodlarning kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi

Komissiya – Ipoteka-bankka ishga qabul qilish va xodimlarni lavozimdan lavozimga ko‘tarishga oid tartib asosida faoliyat yurituvchi kollegial organi bo‘lib, Ipoteka-bankning kadrlar siyosatida bank mutaxasislari va rahbarlarining malakasi, ishchanlik sifatlariga qo‘yilgan bir qator talablar asosida bankka ishga qabul qilinayotgan va lavozimi ko‘tarilayotgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarining lavozimga mosligi hamda rahbar xodimlarning kasbga muvofiqligi yuzasidan qaror qabul qiladi.