uz
Internet banking

Bank boshqaruvi

Нет фото
Boshqaruv Raisi

Atabaev Shuhrat Xaldarovich

Ish telefonlari

(78) 150-48-88

Qabul kun va vaqtlari

Juma 8–00 dan 11–00 gacha

vazifalari:
  • Rahbariyat huzuridagi xizmatlar (Rais maslahatchilari va Axborot xizmati)
  • Yuridik boshqarma,
  • Bank Apparati,
  • Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi,
  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi,
  • Xavfsizlik va axborotlarni muxofaza qilish
  • Maxsus boshqarmasi,
  • Ishlar boshqarmasi,
  • Birinchi bo'limga,
  • Ichki audit departamenti (Moliyaviy audit boshqarmasi, Operasion audit boshqarmasi, Omonatlarni monitoring qilish boshqarmasi) ish faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Qisqa Tarjimai hol

Ipoteka-bankda 2018 yil noyabr oyidan buyon ishlaydi.

1978 yilda tug'ilgan. Toshkent Moliya institutini (2000 yil), Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy institutini (2005 yil), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini (2010 yil) tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o'rta maktabda ingliz tili o'qituvchiligidan boshlagan.

1998 yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti “Kamolot” jamoat markazida bosh hisobchi bo'lib faoliyat yuritgan.

2001 yildan 2004 yilga qadar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati departamentining Pul-kreditni tahlili va dasturlash bo'limi 1- toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchi sifatida samarali faoliyat olib borgan.

2004 yildan to 2006 yilga qadar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat va iqtisodiy tahlil depatamenti Pul-kreditni dasturlash va bank tizimi likvidligini tahlil qilish boshqarmasi, Pul-kreditni tahlili va dasturlash bo'limi bosh iqtisodchisi, bo'lim boshlig’i bo'lib ishlagan.

2006 yildan to 2009 yilgacha O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosat departamenti direktori o'rinbosari, 2009-2010 yillarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyuta ayirboshlash operatsiyalari Maxsus boshqarmasi boshlig’i, 2010-2014 yillarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

2014-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya iqtisod departamenti direktori bo'lib ishlagan.

2015-2017 yillarda Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi Raisi o'rinbosari etib tayinlangan.

2017 yil iyunidan 2018 yil 14 noyabriga qadar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Raisi o'rinbosari lavozimida ishlagan.

2018 yil 14 noyabrdan e'tiboran “Ipoteka-bank”ATIB Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlangan.

Нет фото
Boshqaruv Raisi birinchi o'rinbosari v.v.b

Zulfukarov Djura Ismailovich

Ish telefonlari

(78) 150-48-88

Qabul kun va vaqtlari

Dushanba 8–00 dan 11–00 gacha Seshanba 8–00 dan 11–00 gacha

vazifalari:
  • Kreditlash Departamenti (Iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash boshqarmasi, Ipoteka va iste’mol kreditlari boshqarmasi, Qishloq xo'jaligini moliyalashtirish va kreditlash boshqarmasi, Kichik biznes sub'ektlarini kreditlash boshqarmasi, Kommunal xo'jaligi tashkilotlarini kreditlash boshqarmasi)
  • Bankning investision faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish Departamenti (Investicion loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilish boshqarmasi, Bankrot va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi) ,
  • Valyuta ayirboshlash amaliyotlari Maxsus boshqarmasi,
  • Kredit portfeli monitoringi boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi
Qisqa Tarjimai hol

Ipoteka-bankda 2005 yil iyun oyidan buyon ishlaydi.

1974 yilda tug'ilgan. 1996 yilda Toshkent Moliya institutini, 2008 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tugatgan.

Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1993 yil “Agrosanoatbank” Jizzax viloyat filialida Bank muomalasi bo'lmida mutaxassislikdan boshlagan.

Qimmatli qog’ozlar hamda aholi jamg’armalari bo'limida mutaxassis va bo'lim boshlig’i bo'lib faoliyat yuritgan.

1995 yil avgustidan 1998 yil fevraliga qadar Jizzax viloyati aksiyadorlik tijorat “Paxtabank”ida qimmatli qog’ozlar hamda aholi jamg’armalari bo'limida mutaxassis va bo'lim boshlig’i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

1998 yil fevralidan 2000 yil noyabriga qadar O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Jizzax filialida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.

2000 yil noyabr oyidan 2005 yil iyun oyiga qadar “Zamin”bank Jizzax viloyat filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyatini davom ettirgan.

2005 yil iyunidan 2018 iyuliga qadar Jizzax filiali boshqaruvchisi, “Ipoteka-bank”ATIB Kreditlash boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari, iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari vazifasini bajaruvchi, Kreditlash departamenti diretori o'rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilib bank ravnaqiga o'ziga xos hissasini qo'shgan.

2018 yil iyul oyidan boshlab Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Нет фото
Boshqaruv Raisi o'rinbosari

Abduraxmanov Maxmud Axmatxujaevich

Ish telefonlari

(78) 150-89-49

Qabul kun va vaqtlari

chorshanba 8–00 dan 11–00 gacha payshanba 8–00 dan 11–00 gacha

vazifalari:

  • Pul muomalasi Departamenti (Pul muomalasi va monitoring boshqarmasi, Mini banklar va jamg’arma kassalar faoliyatini tartibga solish boshqarmasi, Plastik kartalar boshqarmasi),
  • Xalqaro pul o'tkazmalari boshqarmasi,
  • Qurilish Departamenti (Qurilish tashkilotlariga xizmat ko'rsatish boshqarmasi, Turar joy binolari qurilishini moliyalashtirish boshqarmasi, Bankning xususiy qurilishini nazorat qilish boshqarmasi),
  • Informasion texnologiyalar boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Qisqa Tarjimai hol

Ipoteka-bankda 2016 yil oktyabr oyidan buyon ishlaydi.

Maxmud Abduraxmanov 1976 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1998 yilda Toshkent Davlat Universitetini, 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1998 yildan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida boshlagan.

2004 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentida bosh iqtisodchi, bo’lim boshlig’i, shuningdek mazkur muassasaning Tijorat banklari, kredit uyushmalari va lombardlar kapitalini shakllantirilish, manbalarini monitoring qilish departamenti Tijorat banklari kapitalini shakllantirilish manbalarini monitoring va tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2004 yil sentyabr oyidan 2006 yilga qadar mazkur muassasaning Tijorat banklari, kredit uyushmalari va lombardlar kapitalini shakllantirilish manbalarini monitoring qilish departamenti Tijorat banklari kapitalini shakllantirilish manbalarini monitoring va tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2006 yil sentyabr oyidan 2013 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki nazhoratni muvofiqlashtirish departamenti direktori o’rinbosari lavozimida ishlagan.

2013 yil avgustidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari hamda mazkur boshqarma boshlig’i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2016 yil oktyabr oyidan Ipoteka-bank Boshqaruvi Raisi o’rinbosari etib tayinlangan.

Нет фото
Boshqaruv Raisi o'rinbosari

Fayazov Jahongir Maxamadjanovich

Ish telefonlari

(78) 150-89-72

Qabul kun va vaqtlari

Payshanba 8:00 -11:00 gacha Juma 8:00-11:00 gacha

vazifalari:

  •  G’aznachilik boshqarmasi,
  • Iqtisodiy taqlil va strategik rivojlantirish boshqarmasi,
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi ,
  • Kassa amaliyotlari boshqarmasi,
  • Moliya-buxgalteriya boshqarmasi,
  • Qimmatli qog’ozlar boshqarmasi,
  • Bank risklarini boshqarish departamenti (Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari bilan ishlash boshqarmasi),
  • Ikkinchi bo'lim (Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi) faoliyatiga raqharlik qiladi. 

Qisqa Tarjimai hol

Ipoteka-bankda 1997 yildan buyon ishlaydi.
1969 yilda tug‘ilgan. O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1997 yil O’zuyjoyjamg‘armabank Shahar filialida uy-joy qurilishini kreditlash bo‘limida boshlagan. Keyinchalik faoliyatini ushbu filialning rejalashtirish va moliyaviy tahlil bo‘limining turli lavozimlarida davom ettirgan.

2001 yildan boshlab O'zuyjoyjamg'armabank hamda Ipoteka-bank bosh ofisida G'aznachilik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan. 2017 yil yanvar oyidan Ipoteka-bank Boshqaruvi Raisi o'rinbosari etib tayinlangan.

Boshqaruv a’zosi.

Нет фото
Boshqaruv a’zosi. Bosh Buxgalter

Normetov Elyor Zafarovich


Qisqa Tarjimai hol

Ipoteka-bankda 2013 yilning iyul oyidan buyon ishlaydi. 1982 yilda tug’ilgan. Toshkent Moliya institutini 2004 yilda tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yil yanvar oyida Xalq bankining Yakkasaroy filialida buxgalter-nazoratchi lavozimidan boshlagan. 2009 yil aprel oyiga qadar ushbu filialning Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.

2009 yil aprel oyidan 2011 yilning dekabrigacha O’zsanoatqurilishbankda Rakat filiali Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi bosh mutaxassisi, Rakat filiali ichki nazorat xodimi, Ichki nazorat boshqarmasida ichki nazorat gurux raxbari lavozimlarida ishlab, 2011 yil dekabr oyida O’zsanoatqurilishbankning Toshkent viloyat mintaqaviy filiali bosh buxgalteri lavozimiga tayinlangan.

2013 yil iyul oyidan 2015 yilning oktabrigacha Ipoteka-bank Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari lavozimida ishlagan.

2015 yil oktabr oyidan boshlab Ipoteka-bankning bosh buxgalteri lavozimida ishlab kelmoqda.

Boshqaruv a’zosi.

Нет фото
Yuridik boshqarma boshlig’i

Murodov Humoyun G’ayratovich


Qisqa Tarjimai hol

Ipoteka-bankda 2006 dan buyon ishlaydi.

Humoyun Murodov 1983 yilda Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida tug’ilgan.

2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2006 yildan “Ipoteka-bank”ATIB Sergeli filialidan boshlagan.

2006 yildan 2009 yilga qadar Toshkent shahar filiali yuridik bo'lim boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan.

2009 yildan 2017 yilga qadar Bosh ofisning Yuridik boshqarmasida bosh ofis mutahassis, bo'lim boshlig’i lavozimlarida samarali faoliyat yuritib kelgan.

2017 yil yanvar oyidan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Yuridik boshqarma boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.

Boshqaruv a'zosi.