uz
Internet banking

Bank strategiyasi

Bankning mamlakat iqtisodiyotidagi salohiyatini oshirish

  • iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish;
  • investitsion xarakterga ega bo‘lgan kreditlari hajmini yanada oshirib borish;
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarni, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada mustahkamlash, yosh oilalar, qishloq xududlarida servis sohasini rivojlantirishni kreditlashga alohida e’tibor qaratish;

Bankning universal faoliyatini rivojlantirib borish, chakana xizmatlar ko‘lamini oshirish

  • Ipoteka-bank mijozlariga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etish, yangi bank xizmatlarini joriy etish;
  • korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda chakana bank xizmatlarini ham rivojlantirib borish;
  • chakana bank xizmatlariga axborot texnologiyalarni joriy qilib borish;
  • aholidan kommunal to‘lovlarni yig‘ish bo‘yicha erishilgan natijalarni mustahkamlash, kommunal tashkilotlar bilan elektron axborotlarni bevosita almashuvini tashkil qilish;

Uy-joy qurilishi sohasidagi faoliyati

  • aholi uchun shaharlarda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini moliyalashtirish hajmlarini oshirish;
  • respublikamiz aholisiga jalb etiladigan mablag‘lar evaziga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishni rivojlantirish;

Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish

  • chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan yangi aloqalar bog‘lash, mavjudlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularni loyihalarni moliyalashtirishga keng jalb etish, chet el banklari va milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachilik qilish;
  • uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berishda chet el kredit liniyalarini jalb etish;
  • jahonda zamonaviy bank amaliyotida qo‘llaniladigan bank xizmatlarini o‘rganib borish va bank faoliyatiga moslashtirgan holda joriy etish;

Kadrlar siyosatining ustuvorliklari

  • xodimlarni doimo malakasini oshirib borish, chet tili va zamonaviy dasturiy ta’minotni o‘rgatib borish;
  • mehnat staji katta tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutahassislar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish orqali, Ipoteka-bank tizimida to‘plangan tajribalarni keyingi avlod xodimlarida ham saqlab, rivojlantirib borishini ta’minlash;
  • kadrlarga bo‘lgan talabni oldindan o‘rgangan holda oliy o‘quv yurtlaridan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va birinchi navbatda filiallarni ular bilan ta’minlash;