uz
Internet banking

Boshqaruv raisining ma'ruzasi

O'zbekiston Хitoy hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda.

-Prezidentimizning Shavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “Ipoteka-bank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki o'rtasida kredit shartnomasi imzolandi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar o'zining yuksak samaralarini bermoqda. Bu jarayonda mamlakatimiz bank moliya tizimi tomonidan qulay ishbilarmonlik muhitini saqlash va rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar soha taraqqiyotida yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Tadbirkorlarning yaqin va ishonchli hamkoriga aylangan bank tizimi ishbilarmonlarning ishonchini to'la qozonishni o'zining asosiy maqsadi deb biladi. Ayni paytda mamlakatimiz banklari moliyaviy xizmat ko'rsatishning barcha sohasida samarali faoliyat yuritayotgani va bank tizimini yanada rivojlantirish yo'lida salmoqli natijalarga erishayotganini alohida qayd etish joiz.

O'zbekiston bank tizimi doimiy ravishda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining “Barqaror” reyting darajasiga sazovor bo'layotgani banklarimiz xalqaro mezonlarga mos ish olib borayotganligini ko'rsatadi. Banklar barqarorligi ularning mijozlar talablari asosida zamonaviy xizmatlar sifati va ko'lamini oshirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning Xitoyga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar o'zining yuksak samaralarini beradi. 

manba:  “Xalq so'zi” 2017 yil

17 may soni