uz
Internet banking

Kreditlash

Turli sohalarda faoliyat yurituvchi mijozlarni kreditlash borasidaga boy tajriba, mijozlarning ehtiyoj va biznes faoliyatlarini to‘g‘ri baholash, kafolatning turli shakllari bilan ishlay olish, shartnoma shartlarining qulayligi - Bank va kredit oluvchi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning asosi bo‘lib hisoblanadi.

Bank mahsulot va xizmatlari doimiy va yuqori talabga ega bo‘lgan sanoat, qurilish, shuningdek, yirik biznes yurituvchi korxonalarga qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini amalga oshiradi.

Ipoteka-bank yirik loyihalarni kreditlashda har bir mijoz uchun alohida yondashish dasturlarini ishlab chiqadi. Bank mutahassislarining tajribasiga tayangan holda biz korxona va tashkilotlarga kreditlash bo‘yicha xizmatlarimizni taklif etamiz.