uz
Internet banking

Yirik loyihalarni moliyalashtirish

Ipoteka-bank ishonchli qarz oluvchilar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor, shuning uchun ham bankning kreditlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga ma’lum talablar qo‘yiladi. Xususan, qarz oluvchi o‘zining barqaror va istiqbolli biznesiga, muvaffaqiyatli ish tajribasiga, xususiy kapitalga ega bo‘lishi, shunindek, zarur bo‘lgan xollarda bankka etarli darajadagi ta’minotni taqdim etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bank tomonidan kreditlashni uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikning bir qismi sifatida qaraydigan xollar maqbullanadi.

Bankning kreditlari taqdim etiladigan aniq foiz stavkalari ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi: kredit maxsulotining turi, muddati va kreditlash valyutasi, foizlarni to‘lash tartibi hamda qarz oluvchining moliyaviy holati.

Xorijiy valyutada moliyalashtirish