uz
Internet banking

Internet-banking

Internet banking — bu Ipoteka-bankning korporativ mijozlariga Internet tarmog‘idan foydalanib hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to‘liq ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi dasturiy majmuadir.

Tizim yuridik shaxslarning, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kompaniyalarning hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Internet bankingning imkoniyatlari:

  • Pul mablag‘larining harakati va hisobraqamidagi qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish;
  • Jo‘natilgan to‘lovlarning holatini ko‘rish;
  • Buxgalteriya tizimidan, jumladan, 1S buxgalteriya dasturida to‘lov hujjatlarini olish va yuborish;
  • Ipoteka-bankka to‘lov hujjatlarini elektron ko‘rinishda jo‘natish;
  • Hisobraqam bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
  • Bankka elektron-raqamli imzo bilan imzolangan to‘lov hujjatlarini jo‘natish.