uz
Internet banking

SMS xabarchi

Ipoteka-bank SMS xabarchi xizmatini taklif qiladi. Bu Sizning biznesingiz uchun SMS-bildirishnomadir. Xizmat Sizga pul mablag‘larining hisobraqamga tushganligi va hisobraqamdan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor tarzda olishingizga imkon beradi. Amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-bildirishnomalar ko‘rinishida uyali telefoningizga kelib tushadi.

Siz 3 tagacha uyali telefon raqamlarini ulashingiz mumkin.

Xizmat ko‘rsatilganligi uchun vositachilik haqi bitta hisobraqam bo‘yicha bitta telefon raqami uchun bankning tarif rejasiga ko‘ra to‘lanadi.

Xizmatning asosiy afzalliklari

  • hisobraqam ustidan doimiy nazorat;
  • foydalanishning qulayligi va osonligi; 
  • parametrlarni tizimning har bir foydalanuvchisi uchun yakka tartibda belgilanishi;
  • SMS ni qabul qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan har qanday qurilma orqali foydalanish mumkinligi;
  • xizmat O’zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari bilan ishlaydi. 

Xizmatga qanday ulanish mumkin?

  • ulanish uchun arizani to‘ldiring, uni rahbar va bosh hisobchi tomonidan tasdiqlating, muhr qo‘ying.
  • arizani Ipoteka-bankka taqdim eting va SMS banking tizimiga ulanish bo‘yicha shartnoma tuzing.
  • xizmat uch bank ish kuni ichida ulanadi.

SMS banking xizmatiga ulangandan so‘ng mijozga “SMS ma’lumotlari foydalanuvchilari uchun eslatma” taqdim etiladi.

SMS ni qanday jo‘natish mumkin?

So‘rovning asosiy formati bo‘lib qisqa so‘rov hisoblanadi. Undan foydalanganda o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotning joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olasiz.

So‘rov turining nomi

Qisqa so‘rov

Hisobraqam holati

1?1

Kirim bo‘yicha o‘tkazilgan hujjatlarning soni

2?1

So‘nggi o‘tkazilgan hujjatlar

3?1


Xizmatni to‘la yoki vaqtinchalik uzib qo‘yish uchun

  • xizmatni uchirish to‘g‘risidagi arizani to‘ldiring;
  • arizani rahbar va bosh hisobchida tasdiqlating, muhr qo‘ying;
  • arizani Ipoteka-bankka taqdim eting.

Xizmat uch bank ish kuni ichida uzib qo‘yiladi.