uz
Internet banking

Savdoni moliyalash

Bugungi kundagi iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar xalqaro savdodagi hisob-kitoblarning ishonchliligi va raqobatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlariga bo‘lgan alohida talablarni qo‘yadi.

Ipoteka-bank mijozlarga dokumentar hisob-kitoblarning eng zamonaviy shakllari va savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etishi mumkin.

Hisob-kitoblarning dokumentar shakllari butun dunyoda xaridorlar hamda sotuvchilar uchun risklarni kamaytiruvchi hisob-kitoblarning ishonchli va qulay usullari sifatida tan olingan. Savdoni moliyalashtirish tovarlar va xizmatlarning aylanish muddati bilan mos keluvchi nisbatan arzon moliyalashtirish manbalarini olishga imkon beradi.

Savdoni moliyalashtirish — bu mijozlarimiz tomonidan tuzilgan eksport-import shartnomalari bo‘yicha tashqi savdo amaliyotlarini turli to‘lov vositalari, jumladan, eng ko‘p foydalaniladigan hujjatli (dokumentar) akkreditivlar orqali moliyalashtirishdir.

Ipoteka-bank mijozlarining kontragentlari tomonidan shartnomalar (kontraktlar) shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha amaliy yordam va xorijiy valyutadagi dokumentar akkreditivlar bo‘yicha istalgan amaliyotlarni taklif qiladi.