uz
Internet banking

Migrantlar uchun iste’mol krediti

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PQ-3584-sonli qaroriga muvofiq respublikadan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan jismoniy shahslarga beriladigan iste'mol krediti

Kredit oluvchiga bo'lgan talab

18 oshgan, Tashqi mehnat migraciyasi masalalari agentligi bilan shartnoma imzolagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi

Kreditning maqsadi

respublikadan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirishda qilinadigan dastlabki xarajatlar hajmini to'lash uchun

Birgalikda qarz oluvchi

qarz oluvchi bilan birga yashaydigan, qarz oluvchining oila a'zolari va boshqa yaqin qarindoshlari

Kredit valyutasi

so'm

Kredit muddati

12 oygacha

Imtiyozli davr

3 oy

Foiz stavkasi

Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasida (14 foiz)

Kreditning eng yuqori summasi

1000 AQSH dollari ekvivalentigacha milliy valyutada ajratiladi (ariza berilgan sanadagi Markaziy bankning rasmiy kursi bo'yicha)

Kredit olish uchun topshiriladigan hujjatlar:

  • Bank tomonidan belgilangan shaklda qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;
  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi/to'lovchi pasporti;
  • Agentlik bilan tuzilgan shartnoma;
  • Kredit ta'minoti bo'yicha taqdim etiladigan hujjatlar;
  • STIR raqami.

Ta'minot turlari:

  • sug’urta kompaniyalari kreditni qaytarilmaslik xatarining sug’urtalanganligi to'g’risidagi sug’urta polislari;
  • jismoniy shaxslar kafilligi;
  • yuridik shaxslar kafilligi;
  • qonunchilikka asosan boshqa ta'minot turlari.

Mazkur kredit qarz oluvchi ro'yhatdan o'tib yashab kelayotgan hududdagi bank filiali tomonidan ajratiladi.