uz
Internet banking

Zolotaya Korona

«Zolotaya korona -pul o'tkazmalari» hisobraqam ochmasdan turib bir lahyzadayoq pul o'tkazish xizmati Rossiya hududida, yaqin va uzoq xorijda 50 dan ortiq xizmat ko'rsatish punktlariga ega. Hozirgi vaqtda 550dan ortiq banklar mazkur xizmatdan muntazam foydalanishmoqda.

«Zolotaya korona -pul o'tkazmalari» o'z mijozlarini quyidagilar bilan ta'minlaydi:

  • «Tezlik»- mijoz pul jo'natmalarini bir necha daqiqalar ichida olish mumkin.
  • «Qulaylik»- pul jo'natmalarini yuborayotganda faqatgina yuborilayotgan davlat va shahar ko'rsatilsa bas. Mijoz mazkur jo'natmani o'ziga qulay punktdan olishi mumkin.
  • «Nazorat»- pul o'tkazmalarini holatini on-line usulida “Zolotaya korona -pul o'tkazmalari” sayti orqali nazorat qilish imkoniyati mavjud.
  • «Hammabop»- pul o'tkazmalar uchun komissiya eng past narxlarda (0%-1,5% largacha) amalga oshiriladi.

Pul o'tkazmalar valyutasi - rubl, AQSH dollari, evro va milliy valyutalarda amalga oshiriladi.

Xorijiy valyutalar o'tkazmalarida % li maxsus tarif qo'llaniladi.

  • Valyutalarni konvertaciya qilish pul jo'natmalarini o'tkazish vaqtida RNKO (To'lov markazi) kursi bo'yicha amalga oshiriladi.
  • Rasmiylashtirish chog’ida jo'natuvchi jo'natma valyutasini oluvchiga qulay tarzda o'zi tanlaydi.

RNKO (To'lov markazi) kursi bo'yicha valyutani konvertaciya ?ilish komissiyasi 0% ni tashkil ?iladi*.

  • Mazkur tarif 10.06.2015 yildan buyon amal qiladi.

Pul o'tkazmalarini olish uchun:

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • Bank operatoriga o'tkazma raqamini ma'lum qilish;
  • O'tkazma miqdori va olishga qulay bo'lgan valyutani ma'lum qilish.

Yaqin xizmat ko'rsatish punktlarini topish uchun «Zolotaya korona -pul o'tkazmalari» saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

*O'tkazmani rasmiylashtirish jarayonida pul yuborilayotgan davlat uchun ma'qul valyutani bank operatoridan aniqlab olishingiz zarur.

Pul mablag’larini o'tkazuvchi operator - RNKO (To'lov markazi) -Licenziya RF MB tomonidan № 3166-K 14.04.2014 da berilgan. «Zolotaya korona» tomonidan xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar ro'yxati bilan koronapay.com saytida tanishishingiz mumkin.