uz
Internet banking

«Ipoteka-bank» xalqaro pul o'tkazmalari shaxobchalarida yangi turdagi xizmatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF 5177-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash, jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish va hamda o'z mablag'larini erkin tasarruf etish huquqlarini ro'yobga chiqarishni to'liq ta'minlash maqsadida shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari faoliyatida yangi turdagi xizmatlarni keng ommaga taklif etib, bank mijozlariga yanada qulayliklar yaratish uchun joriy yil dekabr oyining 11 sanasidan boshlab jismoniy shaxslarga xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali quyidagi yangi xizmat turlari taklif etiladi:

1.Xorijiy davlatdan jo'natilgan xorijiy valyutani mijoz istagiga ko'ra unga naqd milliy valyutada (so'mda) to'lab berish.*

2.Xorijiy davlatdan jo'natilgan xorijiy valyutani mijoz istagiga ko'ra uning shaxsiy so'm plastik kartasiga o'tkazib berish orqali to'lab berish.*

3.Xorijiy davlatdan jo'natilgan xorijiy valyutani mijoz istagiga ko'ra ma'lum qismini naqd xorijiy valyutada (AQSH dollarida) qolgan qismini naqd milliy valyutada (so'mda) to'lab berish.*

4.Mijozning naqd milliy valyutadagi (so'mdagi) mablag'ini xorijiy valyutada xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali xorijiy davlatga jo'natish.**

5.Mijozning shaxsiy so'm plastik kartasidagi mablag'ini xorijiy valyutada xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali xorijiy davlatga jo'natish.**

* xorijiy valyutani milliy valyutada (so'mda) to'lab berish kursi operasiya bajarilayotgan kundagi “Ipoteka-bank” ATIB tizimida milliy valyutani AQSH dollariga nisbatan xarid kursi hisoblanadi.

**milliy valyutani (so'mni) xorijiy valyutada jo'natish kursi kursi operasiya bajarilayotgan kundagi “Ipoteka-bank” ATIB tizimida milliy valyutani AQSH dollariga nisbatan sotuv kursi hisoblanadi.