uz
Internet banking

Savol-javoblar

  • Savol:

    Ipoteka-bank aksiyalarini qaerdan sotib olish mumkin?

    Javob:

    Aktsiyalarni fond birjasidan sotib olish mumkin, shuningdek, aksiyani chiqarish bo‘yicha qarorda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, aksiyalarni birlamchi chiqariluvini bank bilan shartnoma tuzib sotib olish mumkin.
  • Savol:

    Ipoteka-bank aksiyalari qanday va qaerda sotiladi?

    Javob:

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2003 yildagi №196 sonli qaroriga asosan, ikkilamchi bozorda ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining oldi-sotdisiga doir bitishuvlar faqat qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida hamda uyushgan birjadan tashqari bozorlarida amalga oshiriladi.
  • Savol:

    Ipoteka-bank aktsiyalari bo‘yicha devidentlarni qaerdan olish mumkin?

    Javob:

    Aksiya bo‘yicha dividentlarni sizning aksiyangiz ro‘yxatga olingan Ipoteka-bankning filialidan olish mukin. Bunda aksioner o‘z pasporti yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma va ishonilgan shaxsning pasporti bilan bank filialiga tashrif buyurishi kerak.
  • Savol:

    Ipoteka-bankning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha dividentlar miqdori qancha?

    Javob:

    Bank ustaviga ko‘ra, bugungi kunda bankning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha divident miqdori aksiya nominal qiymatining 25 foizi miqdorda
  • Savol:

    Investitsiya vositachilari (broker, diler)ni qaerdan topish mumkin?

    Javob:

    Investitsion vositachilarni fond birjasidan topish mumkin, shuningdek, investitsion vositachilarni manzil va rekvizitlarini www.uzse.uz manzilidagi saytidan topish mumkin.
  • Savol:

    Fond birjasi qaerda joylashgan?

    Javob:

    Fond birjasining manzili: Toshkent sh. Buxoro ko‘chasi, 10. Tel (8-371) 236-07-40
  • Savol:

    «Birinchi Banklararo Depozitariy» telefoni va manzili qanday?

    Javob:

    «Birinchi Banklararo Depozitariy» manzili va telefon raqami: Toshkent sh. Istiqbol ko‘chasi 15 Tel.: (8-371) 233-29-07
  • Savol:

    Individual depozitar seyflarda qanday qimmatliklarni qo‘yish mumkin?

    Javob:

    Individual depozitar seyflarda istalgan qimmatliklarni saqlash mumkin: xujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, zargarlik buyumlari, badiiy va nodir buyumlar, ma’lumotlarni elektron tashuvchi buyumlar
  • Savol:

    Mendan tashqari seyfni kimdir ochaoladimi?

    Javob:

    Depozitar seyfni ijaraga olish uchun shartnoma tuzilgandan keyin so‘ng, u sizning hukmingizda bo‘ladi. Seyfning kaliti sizga topshirilgandan keyin uni boshqa shaxslar (bank xodimlari ham) ocha olishmaydi.
  • Savol:

    Boshqa shaxs uchun depozitar yacheykadan foydalanishga ishonchnoma rasmiylashtirish mumkinmi ?

    Javob:

    Siz seyflardan bevosita foydalanish xuquqini, foydalanish bo‘yicha shartnomani imzolash, uzaytirish masalalarini 3 shaxsga ishonchnoma orqali berishingiz mumkin. Ishonchnoma bank filialida rasmiylashtirilishi mumkin. Lekin uni natariusda tasdiqlatish zarur.
  • Savol:

    Individual seyflar qancha muddatga ijaraga beriladi ?

    Javob:

    Ipoteka-bankda individual depozitar seyflardan foydalanish muddati cheklanmagan.
  • Savol:

    Qachon valyuta noqonuniy bozorini bartaraf etish choralari ko'riladi?

    Javob:

    O'zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to'g’risida»gi qonunining 18-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to'lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu qonunda ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.

    Shu bilan bir qatorda, mazkur qonunga binoan respublika hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklar orqali amalga oshiriladi. Banklardan tashqari valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g’risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Ta'kidlash joizki, mazkur qonun hujjatlarini buzgan aybdor shahslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar ko'rib boriladi.

    Bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g’risida»gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
  • Savol:

    O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan xorijiy valyutalarni so'mga nisbatan kursi to'g’risidagi rasmiy ma'lumotlarni qanday olishimiz mumkin?

    Javob:

    Horijiy valyutalarni so'mga nisbatan kursi to'g’risidagi ma'lumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur ma'lumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan horijiy valyutalarning kursi to'g’risidagi ma'lumotlar rasmiy hisoblanadi va so'rovchi tomonidan mazkur saytdagi ma'lumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.
  • Savol:

    Milliy valyuta “so'm”ning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi qanday o'rnatiladi?

    Javob:

    O'zbekiston Respublikasining

    «Valyutani tartibga solish to'g’risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha operasiyalar, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo'lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo'yicha amalga oshiriladi.

    O'z navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif darajasi hamda alamashuv kursining o'zgarishi mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat, xususan to'lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansining holati kabi omillar ta'sirida shakllanib boradi.

  • Savol:

    Internet magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun onlayn to'lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?

    Javob:

    Internet «magazinlar»da tovarlarni xarid qilishda onlayn to'lovlarni xalqaro to'lov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.

  • Savol:

    Fuqarolar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini tushuntirib bering?

    Javob:

    Rezident-jismoniy shahslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to'lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operasiyalar bo'limlari orqali amalga oshiriladi.

    Bunda, rezident-jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining konversion operasiyalar bo'limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O'zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro to'lov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida etarli miqdorda pul mablag’lari mavjud bo'lgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi.

    Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida etarli miqdorda milliy valyutadagi mablag’ bo'lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to'ldirilishi mumkin.

    Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag’ etarli bo'lganda, rezident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi.

    Milliy valyutadagi mablag’ tijorat bankning operasiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo'yicha to'lov terminali orqali echib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro to'lov kartasiga o'tkazib beriladi.

    Bank va rezident-jismoniy shaxs o'rtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish bo'yicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro to'lov kartasidan foydalanish qoidalari ko'rsatiladi.

  • Savol:

    Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) yangi shartnomalar hamda ularga o'zgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering?

    Javob:

    Tashqi savdo shartnomalari bo'yicha axborotlarni Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) kiritish «Е-Kontrakt» yoki «VED kontrakt» dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarda ishlash tartibi xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan tushuntiriladi. Shuningdek, xizmat ko'rsatuvchi banklar Tashqi savdo shartnomalari bo'yicha axborotlarni Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) kiritishda ham yordam berishlari mumkin.

  • Savol:

    Tashkilotimizning hisob raqamiga xorijiy tashkilotlardan beg’araz moliyaviy yordam kelib tushishi kerak. Ushbu mablag’larning tashkilotimiz hisob raqamiga o'tkazish tartibini tushuntirib bering?

    Javob:

    Qonunchilikka muvofiq beg’araz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va «Asaka» akciyadorlik tijorat banklarining zimmalariga yuklangan.

    Shu munosabat bilan, xisob raqamingizga xorijiy tashkilotlardan beg’araz yordam mablag’lari kelib tushganda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Asaka» akciyadorlik tijorat banklariga maxsus hisob raqam ochish uchun murojaat etishingiz zarur. O'z navbatida, kelib tushgan mablag’larni sizning maxsus hisob raqamingizga o'tkazish uchun yuqoridagi banklarga topshiriqnoma berishingiz lozim.

  • Savol:

    Bizning tashkilotimiz xorijiy korxona bilan qarz shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomaga ko'ra tashkilotimiz hisob raqamiga xorijiy valyuta kelib tushishi lozim. Mazkur mablag’lar bizning bank hisob raqamimizga o'tkazilishi uchun nima qilishim kerak?

    Javob:

    Qonunchilikka muvofiq tashqi qarzni jalb etish bilan bog'liq valyuta operasiyasini amalga oshirish uchun talab qilib olguncha asosiy hisob raqam ochilgan bankka ariza, qarz shartnomasi va unga tegishli hujjatlarni topshirish lozim.

    Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo'lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo'lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo'yilgan bo'lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.

    Yuqoridagi hujjatlar topshirilgandan so'ng bank qarz shartnomasi bo'yicha kelib tushgan mablag'larni korxonaning hisob raqamiga o'tkazadi.

  • Savol:

    O'z. Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablag'larini doimiy muassasa o'tkaza oladimi?

    Javob:

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktyabrdagi «Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to'g'risida»gi PF-1601-sonli farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan to'lovlarni berishda naqd horijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to'lovlarni amalga oshirishlari qat'iyan man qilingan. Mazkur to'lovlar O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek so'mlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlarga o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun to'lovlar yuqorida ko'rsatilgan to'lov shakllari bilan bir qatorda horijiy valyutani ularning O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisobvaraqlariga o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.