uz
Internet banking

Ko’p beriladigan savollar

  • Savol:

    Jamg’arma mablag'lariga mablag' ko'shish mumkinmi?

    Javob:

    Xa, agarda shartnomada ko'rsatilgan bo’lsa.
  • Savol:

    Bankda jismoniy shaxslar uchun hisobraqam ochish mumkinmi?

    Javob:

    Ha, buning uchun quyidagi xujjatlar kerak bo'ladi:

    - shaxsni tasdiqlovchi xujjat (pasport);
    - soliq to’lovchining identifikatsion raqami (INN);
    - hisobraqam ochish uchun ariza

    Hisobraqam bepul ochiladi.

  • Savol:

    Plastik kartochka qulflanib qolsa nima qilish kerak?

    Javob:

    Plastik karta PIN-KODini bir necha bor noto’g’ri terilishi oqibatida qulflanib qolganda, agar ushbu karta Smart vista (onlayn) tizimidagi karta bo’lsa, uni muomalaga chiqargan bankining istalgan yaqin o’rtadagi filiali orqali shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda qayta ishga tushirish (aktivlashtirish) mumkin, agar karta DUET (offlayn) tizimiga ulangan bo’lsa, uni qayta ishga tushirish (aktivlashtirish) faqat ushbu kartani muomalaga chiqargan bank filiali orqali shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda amalga oshiriladi. Bir oydan ortiq vaqt mobaynida umuman foydalanilmagan DUET (offlayn) plastik kartasini istalgan infokiosk yoki istalgan tijorat banki filiali orqali qayta faollashtirish (avtorizatsiya) qilish mumkin.
  • Savol:

    Plastik kartochka yaroqsiz holatga kelganda nima qilish kerak?

    Javob:

    Plastik kartochka yaroqsiz holatga kelganda (sirti shikastlanganda, chipga zarar yetganda) mijoz shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan uni taqdim etgan bank filialiga tashrif buyurib, kartani uning texnik holatini o’rganish uchun bank mutaxassislariga topshiradi va tegishli ariza shaklini to’ldiradi. Bir bank ish kuni davomida mutaxassislar kartaning holatini o’rganib, tegishli tashxis qo’yadi. Agar karta mijoz aybi bilan yaroqsiz holga kelgan bo’lsa, undan bank tarifiga asosan jarima to’lovi undirgan holda uning nomiga yangi plastik kartochka ochiladi. Boshqa hollarda esa karta jarima to’lovisiz qayta muomalaga chiqariladi.
  • Savol:

    Plastik kartochka yo’qotib qo’yilgan taqdirda nima qilish kerak?

    Javob:

    Plastik kartochka yo’qotib qo’yilganda karta egasi (yoki uning ishonchnoma asosidagi ishonchli vakili) zudlik bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan uni bank - emitent (ushbu kartani muomalaga chiqargan tijorat banki filiali)ga tashrif buyurib, yo’qolganligi to’g’risida ariza – stop list varag’ini to’ldiradi. Filial tomonidan ushbu (online) karta 3 (uch) bank ish kuni davomida qayta muomalaga chiqariladi va tarif asosida tegishli komissiya undirilgach, mijozga topshiriladi.
  • Savol:

    Plastik kartani pul o’tkazish yo’li bilan to’ldirish mumkinmi?

    Javob:

    Plastik kartochka (jismoniy shaxslar uchun) mijoz tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingandan so’ng ochilgach, ushbu kartani tegishli tranzit hisobraqamiga oylik ish haqidan tashqari boshqa maqsadli mablag’larni (ijara to’lovi, dividend, sug’urta badali va h.k.) o’tkazgan holda to’ldirishlari mumkin. Bunda bank - emitent (ushbu kartani muomalaga chiqargan banki) tomonidan amaldagi tarif asosida komission haq undiriladi
  • Savol:

    Omonatni rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi qanday hujjatni taqdim etish kerak?

    Javob:

    Omonatni rasmiylashtirish uchun O’zbekiston fuqarosi pasporti, 16 yoshga to’lmagan fuqarolarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo’mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro’yxatga olinishi lozim) yoki O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yohud diplomatik pasporti yoki O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.