uz
Internet banking

Elektron hukumat

Fuqarolarning oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yangi xizmati foydalanuvchiga real vaqt mobaynida ushbu jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotni olish imkoniyatini taqdim etadi.

Xizmat bepul boʻlib, faqat jismoniy shaxslarga koʻrsatiladi.

Fuqarolarning oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yangi xizmati O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro'yxatga qo'yish va ro'yxatdan chiqarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar namunalarini olish imkoniyatini beradi.

Ushbu xizmatning natijasi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro'yxatga qo'yish va ro'yxatdan chiqarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar namunalarini olish boʻlib hisoblanadi.

Xizmat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.

Yolg'iz keksalar va nogironlarga xonadonlarida ijtimoiy xizmat ko'rsatishga elektron ariza yuborish

Yagona portalda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, parvarishga muhtoj yolg’iz keksa va nogironlarga xonadonlarida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun elektron ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi.

Ushbu ijtimoiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman(shahar) Markazlari tomonidan ko’rsatiladi.

Xizmat bepul bo’lib, jismoniy shaxslarga ko’rsatiladi.

Gazni hisobga olish priborini o’rnatish va yechib olish uchun ariza yuborish

Yagona portalda "O’ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining gazni hisobga olish priborini o’rnatish, shuningdek gazni hisobga olish priborini yechib olish uchun ariza yuborish imkoniyatini beruvchi yangi xizmatlari ishga tushirildi.

Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun Yagona portalda maxsus elektron shakldagi ariza to’ldirilishi lozim.

Xizmat natijasi bo’lib tuman (shahar) gaz ta’minoti tashkiloti mutaxassisining arizada ko’rsatilgan manzilga borish kuni va vaqti haqida arizachiga ma’lumot taqdim etish hisoblanadi.

Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish

Yagona portalda “Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish bo'yicha ariza yuborish” yangi xizmati ishga tushirildi.

Barcha zarur hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Xizmat natijasi bo’lib turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish yoki berishni rad etish, shuningdek qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi qaror hisoblanadi.

Xizmat uchun haq to’lanadi va undan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishlari mumkin.

Kadastr xizmatiga advokatlik so’rovini yuborish

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasining advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarga mo'ljallangan "Kadastr xizmatiga advokatlik so’rovini yuborish" yangi xizmati ishga tushirildi.

Advokatlik so’rovnomasi bo’yicha qabul qilingan ma’lumotlar fuqarolik, ma'muriy yoki jinoiy ishlar bo'yicha dalil bo'lib hisoblanishi mumkin.

Ma’lumotlarni olish uchun Yagona portaldagi maxsus elektron shaklni to’ldirish talab etiladi.

Xizmat natijasi bo’lib talab qilingan ma'lumotnomani (blankni) taqdim etish hisoblanadi.

Malaka oshirish kurslariga talabnomalarni rasmiylashtirish

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o'quv markazi tomonidan Yagona portal orqali davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslariga talabnomalarni rasmiylashtirish hamda tegishli shartnomani olish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.

Xizmatdan faqatgina yuridik shaxslar foydalana olishlari mumkin.