MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

22-10-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Новости

30-12-2014 Hurmatli mijozlar va hamkorlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi – 2015 yil bilan tabriklaymiz.
Yangi yilda Sizlarga baxt, omad, quvonch, mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik va albatta moliyaviy barqarorlik hamroh bo‘lsin. Ushalmagan barcha mushtarak niyatlaringiz yangi yilda amalga oshishini tilab qolamiz. Bayram kayfiyati esa Sizni yil davomida tark etmasin.

24-12-2014 Banklarning “Sog‘lom bola yili” dasturidagi ishtiroki salmoqli bo‘ldi

Ma’lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, murakkab va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin va ta’sirga ega bo‘lib bormoqda. Tijorat banklari joriy yilda ham soha sub’ektlarini, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarning biznes rejalarini moliyalashtirish masalalariga katta e’tibor qaratdi. 

18-12-2014 Hurmatli tadbirkorlar va investorlar!

Ipoteka-bank Sizlarni ishlab chiqarish komplekslarini sotib olish bo‘yicha hamkorlikka chaqiradi hamda quyidagi komplekslarni taklif qiladi

15-12-2014 Ipoteka-bank tomonidan "UzGazOil"ga kredit liniya ajratildi

2014 yil 12 dekabrda Ipoteka-bankning navbatdan tashqari aktsiyadorlarninig yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishning kvorumi 54,43 foizni tashkil etdi.

11-12-2014 Oilaviy korxonalar – daromad manbai Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni yuritish va rivojlantirish jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentimiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti kelganini alohida ta’kidladi. 
5-12-2014 Konstitutsiya va saylov huquqining kafolatlari

Kuni kecha Ipoteka-bank bosh ofisida Konstitutsiya kuni arafasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov huquqining kafolatlari” to‘g‘risida o‘quv seminar tashkil etildi.

3-12-2014 “Moody's” reyting agentligi Ipoteka-bank reytingini tasdiqladi

2014 yil 2 dekabrda "Moody's" xalqaro reyting agentligi "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining istiqboli "Barqaror" bo‘lgan moliyaviy barqarorlik reytinglarini tasdiqladi.

2-12-2014 Hurmatli aksiyadorlar !

«Ipoteka-bank» ATIB Kuzatuv kengashi 2014 yil 12 dekabr kuni soat 10-00da, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB Mehnat filialining majlislar zalida «Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi. 

2-12-2014 “Ipoteka-bank” hamda “CLICK” o‘rtasida shartnoma imzolandi

“Ipoteka-bank” ATIB hamda “CLICK” MChJ o‘rtasida bankning DUET tizimida ishlovchi plastik kartalari orqali ham to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Endi Ipoteka-bankning DUET tizimida ishlovchi plastik kartochka sohiblari CLICK tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. To‘lovni amalga oshirish tartibini bu yerdan bilishingiz mumkin.