MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

22-10-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

«Moody's» xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining istiqboli »Barqaror« bo'lgan reytinglarini tasdiqladi

2-06-2017

2017 yil 29 mayda «Moody's» xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankiga milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari bo'yicha B2 reytinglarini tasdiqladi. Ipoteka-bankning barcha reytinglari "Barqaror" istiqbolga ega.

Moody's agentligi fikriga ko'ra, Ipoteka-bankning reytinglari bankning korporativ va chakana moliya bozordagi mustahkam ulushini, jumladan aholi uchun omonatlar va ipoteka kreditlari bo'yicha moliya bozoridagi sezilarli o'rnini, hamda bank tizimi uchun etarlicha katta ahamiyatini aks ettiradi.

Bank aktivlar bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini va ularning yuqori sifatini, hamda daromadlilikning yuqori ko'rsatkichlarini namoyon qilmoqda. Bank faoliyatida mijozlar depozitlari moliyalashtirishning barqaror manbai sifatida ko'rsatilmoqda.

Ipoteka-bank O'zbekistondagi beshta yirik banklarning biri ekanligini, hamda uzoq muddatlarda to'lov qobiliyatining saqlanishini «Moody's» agentligi ijobiy omil sifatida e'tirof etmoqda.

«Moody's agentligi» «keyingi 12-18 oy davomida Ipoteka-bankning to'lov qobiliyati mustahkam bo'lishini va kapitalining o'sishi bilan qo'llab-quvvatlanishini, hamda moliyalashtirishning barqarorligi va likvidli aktivlarning etarli darajasiga mos likvidlik ko'rsatkichlariga ega bo'lishini» aytmoqda.