uz
Internet banking

«Moody's» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bank reytingini tasdiqladi

2018 yil 23 martida «Moody's» xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha B2 reytinglarini tasdiqladi. Ipoteka-bankning barcha reytinglari "Barqaror" istiqbolga ega.

Moody's agentligi tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Ipoteka-bankning reytinglari bankning korporativ va chakana moliya bozordagi mustahkam ulushini, jumladan aholi uchun omonatlar va ipoteka kreditlari bo‘yicha moliya bozoridagi sezilarli o‘rnini hamda bank tizimidagi muhim ahamiyatga egaligini aks ettiradi.

Bank aktivlarning yuqori o’sish sur’atiga, barqaror daromadlilik va yetarli darajadagi likvidlilik ko‘rsatkichlariga ega bo’lib kelmoqda. Bank faoliyatida mijozlar depozitlari va davlat mablag'lari moliyalashtirishning barqaror manbai sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ipoteka-bank O’zbekistondagi beshta yirik banklarning biri ekanligiga, hamda butun O’zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan filiallar va bo‘linmalar tarmog‘i orqali turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatib kelayotganligiga Moody's agentligi ijobiy omil sifatida e’tibor bermoqda.


Back to the list