uz
Internet banking

Arzon uy-joylar bo'yicha dasturlarni amalga oshirish yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.

2018 yil 16 aprel kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida “Aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo'lgan ko'p qavatli uy-joylarga ajratiladigan kreditlarni berish tartibini soddalashtirish, shaffof va xolisligini ta'minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar to'g'risida” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda bank mutasaddi xodimlari, “O'zshahar qurilish invest” IK vakillari ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Tadbirni Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i I.Turopov kirish so'zi bilan ochib berib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660 sonli “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari” to'?risidagi qarorida bankka yuklatilgan vazifalar xususida alohida to'xtalib o'tdi.

Ishtirokchilar e'tiboriga 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstrukciya qilish dasturi qay darajada amalga oshirilayotganligini o'rganish jarayonida respublika shaharlarida arzon uy-joylarga bo'lgan ehtiyoj yuqori darajada qolayotganligi aniqlangani, 27 mingdan ortiq oilalar arzon uy-joylarni olish istagini bildirgani, shundan 7919 ta oila uy-joy sharoitlarini yaxshilangani haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan talablarini inobatga olgan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrda qabul qilingan “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstrukciya qilish dasturini samarali amalga oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar” qarori qabul qilinib, qaror doirasida bir qator ishlar samarali yo'lga qo'yilayotgani haqida to'xtalib o'tildi.

Tadbir doirasida 2017-2020 yillarda aholini 42 165 ta kvartiralar bilan ta'minlash ko'zda tutilgan bo'lsa, PQ-3350ga muvofiq, qurilish va ipoteka kreditlash tizimi ko'lami kengayishiga hisobiga 2018-2020 yillarda qurilgan kvartiralar soni 43 431 taga etkazilishi ko'zda tutilgani haqida ma'lumot berildi. Yangi hujjat bo'yicha uy-joylarga boshlang’ich badal sotib olinayotgan kvartira joylashgan etajdan kelib chiqib belgilanishi haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbirda yurtimizda olib “Ipoteka-bank” ATIBning ham munosib xizmatlari borligini alohida e'tirof etildi. Shuningdek, bank zimmasida qurilishlarni moliyalashtirish, qurib bitkazilgan uy-joylarni aholiga belgilangan kreditlar asosida sotish kabi ko'plab muhim vazifalar ijrosini ta'minlash yuklatilganligiga bank mutaxassislari qurilish maydonlaridagi ish jarayonini doimiy o'rganib, ob'ektlarni o'z vaqtida, sifatli topshirilishi yuzasidan muntazam nazorat ishlarini olib borayotganiga alohida urg’u berildi.

Barcha qulayliklarga ega, arzon va ko'p qavatli uylarni qurilishini moliyalashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida “Ipoteka-bank” ATIB qurilish tashkilotlarini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig’i Shuhrat Tashpulatov yig’ilganlarga atroflicha so'zlab berdi. Har taraflama tajribali zamonaviy arhitektura va tehnik standartlarga to'la javob bera oladigan aholining barcha qatlamlari uchun birdek manzur bo'layotganiga alohida urg’u berib o'tdi.

Ipoteka kreditlarini ajratilishida, kredit berish tartibini soddalashtirish, xolisligini ta'minlash bu borada aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususida “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka va iste'mol kreditlari boshqarmasi boshlig’i Bobur Nurmuhamedov alohida to'xtalib, bank tomonidan aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo'lgan ko'p qavatli uy-joylarga ajratiladigan kreditlarni berish mehanizmini soddalashtirilishi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirib o'tdi.

Shuningdek bugungi kunda uy-joylarda bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan ushbu uy-joylar eng avvalo, arzon va har tomonlama qulay sharoitlarga ega bo'lib, ular asosan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlar, shuningdek uy-joy sharoitlarini yahshilashga mu?toj bo'lgan fu?arolarni uy-joy bilan ta'minlash uchun mo'ljallanganligi alohida ta'kidlab o'tdi.

Arzon uy-joylarni aholiga biriktirilish tartibi hususida “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka va iste'mol kreditlari boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari Farhod Qurbonov o'z ma'ruzasida to'xtalib, bu borada bankda aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususan “Bir darcha” qulayliklari xususida gapirib o'tdi

Tadbir doirasida «Ipoteka-bank» ATIB aholini uy-joy ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlarning faol ishtirokchilardan biri ekanligi shu boisdan, belgilangan vazifalar ijrosini o'z vaqtida bajarish, mijozlar ishonchini oqlash, ularga sifatli, qulay va tezkor bank xizmatlarini ko'rsatish borasida samarali mexanizm yaratilganligi ta'kidlab o'tildi.

Anjuman so'nggida ishtirokchilar juralistlar savollariga javob berdilar. 

Back to the list