uz
Internet banking

Ipoteka-bankda 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimizning sa'y-harakatlari bilan bizning tinchlik va osoyishtaligimiz yo'lida jang olib borgan Ulug’ Vatan urushi qatnashchilarini xotirasini abadiylashtirish, jasoratini yodga olish va e'zozlash yuzasidan joylarda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Bayram arafasida “Ipoteka-bank” ATIB bosh ofisida Ulug’ Vatan urushi faxriysi Nikolay Ivanovich Denisenko bilan tantanali uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mana shunday faxriylar bilan uchrashuvlar o’tkazish bankda tobora an'anaga aylanib bormoqda. Bu erda ota-bobolarimizning boqiy jasorati, dunyoni fashist deb atalgan balodan qutqarish yo'lida front ortidan elkama-elka turib qilgan fidokorona mehnatlari doimo yuksak qadrlanadi va e'zozlanadi.

Qahramonimiz 1921 yil dekabrь oyida tug’ilgan, 1940 yil Kavkazga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan. 1941 yil Sovet armiyasiga o'tgan 21 yoshli Nikolayni urush sababli harbiy hizmatda qolib ketdi. Yosh harbiy Kavkaz fronti chegara kavaler polkiga jalb qilindi, u erda 1943 yil jarohat olguniga qadar jang olib bordi. So'ng bir qancha vaqt gospitalda davolanishiga to'g’ri keldi. Aynan shu yillarda harbiylar hayotining butun og’irliklari va qiyinchiliklarini o'zida his qilgan Nikolay Vatanning munosib himoyachilarini tayyorlash maqsadida Suvorov bilim yurtini tashkil etishga kirishdi. Mazkur harbiy bilim yurtida Nikolay Ivanovich bir necha avlod harbiylarni tarbiyalagan bo'lib, ular orasida sobiq SSR uchuvchi kosmonavti A.Jonibekovlar bor edi. 1960 yil N.A.Danisenko Suvorov bilim yurti tarqatilganga qadar u erda ishlab, so'ng Toshkent shahrida Aviasozlar shaharchasidagi havo hujumiga qarshi mudofaa qismlarida o'z faoliyatlarini davom ettirgan.  

Back to the list