uz
Internet banking

«Ipoteka-bank» da baliqchilik sohasida Xeylunszyan baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti professorlari ishtirokida muzokaralar bo'lib o'tdi.

Yurtimizda qishloq xo'jaligining alohida tarmoqlaridan biri baliqchilik tarmog’ini rivojlantirish ushbu parxezbop va foydali ne'matni etishtirishni va qayta ishlashni zamonaviy texnologiyalar asosida yo'lga qo'yish yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda baliqni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalarini joriy etish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan "Ipoteka sarmoyasi" MCHJ qoshida baliqchilik sohasida ilmiy ishlarni amalga oshirish va baliqchilik xo'jaliklariga ilmiy ishlanmalari bilan xizmat ko'rsatadigan "Baliqchilik ilmiy markazi" tashkil qilish vazifasi yuklatilgan. Ushbu markaz faoliyatini yo'lga qo'yilishi va ilmiy ma'lumotlarni nazariy asoslarini amaliyotga izchil tatbiq etish yo'lida bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi, "Ipoteka-bank”ATIB rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining "Xeylunszyan balichilik ilmiy tadqiqot instituti professorlari ishtirokida joriy yilning 11 may kuni bo'lib o'tgan muzokaralarda soha rivojida ilmiy ishlanmalarning o'rni va ahamiyatiga alohida urg’u berildi.

Muzokaralar chog’ida ishtirokchilar "Xeylunszyan suv jonivorlari ilmii-tadqiqot instituti"ning asosiy faoliyati baliqchilik rivojidagi ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar, shuningdek mavzu doirasida o'z bilim va ko'nikmalarini boyitdilar.

"Xeylunszyan suv jonivorlari ilmiy-tadqiqot instituti"niig asosiy faoliyati osetr va karp turdagi baliqlarni etishtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borishdan iborat.

Institut olimlari tomonidan respublikamiz hududidan Orol mo'ylovdori (Aralskiy usach) va Turkiston mo'ylovdori (Turkistanskiy usach) baliqlari Xarbinga olib ketilib iqlimlashtirilgan. Ushbu baliqlar ustida tadqiqotlar o'tkazilib etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu ikki baliq turi Xitoyda qimmatbaho baliq turlariga kiradi.

O'zbekistonda Orol mo'ylovdori (Aralskiy usach) va Turkiston mo'ylovdori (Turkistanskiy usach) baliqlari Orol dengizini qurib ketishi va Amudaryoda turli to'g’on suv ombori va kanallar qurilishi hisobiga keskin kamayib ketganligi natijasida Qizil kitobga kiritilgan.

Tadbirda "Xeylunszyan suv jonivorlari ilmiy-tadqiqot instituti" bilan ?amkorlikda O'zbekistonda osetr va karp Orol mo'ylovdori va Turkiston mo'ylovdori baliqlarini ko'paytirish texnologiyasini joriy qilish va takomillashtirish bo'yicha hamkorlikni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi ta'kidlab o'tildi.

O'z navbatida O'zbekistonga tashrif buyurgan xitoylik olimlar Orol mo'ylovdori va Turkiston mo'ylovdori baliqlarini ko'paytirish bo'yicha mutaxassis hisoblanadi. Shu sababli endemik turlar bo'lgan Orol mo'ylovdori va Turkiston mo'ylovdori baliqlarini O'zbekistonda ko'paytirish va etishtirishni sanoat usulida yo'lga qo'yishda ilmiy-tehnik yo'nalishlarida hamkorlikni baliqchilik sanoatini jadal rivojlanishi uchun nihoyatda muhim ekanligi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari sohaga yangi innovasion texnologiyalarni izchil tatbiq etish orqali mahsuldorlikni bir necha barobarga orttirish yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini keltirib o'tdilar.

Muzokaralar yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda o'tdi. Qatnashchilar Xitoylik mutaxassislarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Back to the list