uz
Internet banking

Baliqchilikda xorij tajribasi

So'nggi yillarda O'zbekistonda baliqchilik tarmog'i jadal rivojlanmoqda. Baliqchilik mahsulotlariga bo'lgan baraqaror talab mamlakatimiz hududlarida baliqchilikni samarali rivojlanishda tabiiy-iqlim sharoitlari ko'proq mos keladigan akvamadaniyatni rivojlantirishni zaruratini keltirib chiqarmoqda.

So'nggi yillarda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar samarasida yurtimiz iqtisodiyoti tuzilmasida baliqchilik ulushi muntazam ortib bormoqda.

Baliqchilik bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar faoliyati samaradorligi, yuzaga keladigan muammolarning echimi, baliq mahsulotlari va baliqni chavoqlantirish materiallarini ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlari, baliqni chavoqlantirish borasidagi innovasion va zamonaviy tehnologiyalarni joriy etish alohida resurs turlari, eng avvalo moliyaviy resurslar ta'minoti darajasiga bog'liq.

Baliqchilik tarmog'ining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi jarayonida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tarmoqni rivojlantirish bo'yicha dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ilmiy-texnik, texnologik, investisiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish ishlarini olib bormoqda.

Bank mutaxassislari baliqchilik sohasida qayta tuzilgan va katta ish tajribasiga ega xo'jaliklarga kredit berish va ularni moliyalashtirish bo'yicha yanada qulay tizimini yaratish ishlarini yuritmoqda, xalqaro moliya institutlari mablag'ini jalb etish imkoniyatlari izlab, ilmiy-tadqiqotlar o'tkazish, baliq ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoniga innovasion texnologiyalarni joriy qilishga ko'maklashmoqda.

“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki huzurida tashkil etilgan “Ipoteka Leasing” lizing kompaniyasi baliq ovlash, ko'paytirish va baliqni qayta ishlash uchun mashina va uskunalar, baliqni chavoqlantirish moslamalari, hovuzlar, nasos stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun zarur bo'ladigan meliorativ texnikani harid qilishda samarali vositalardan foydalanish imkonini yaratmoqda.

Hozirgi kunga qadar bank tomonidan baliqchilik xo'jaliklarini shakllantirish, kengaytirish va yangilash, zamonaviy tehnologiyalar va ilg'or horijiy tajribani amaliyotga joriy qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash hajmini oshirish bo'yicha 3000 loyiha moliyalashtirildi.

Bank mutaxassislarining o'zi ham yurtimiz baliqchilari ko'pincha yuzaga keladigan muammolarni yaqindan o'rganib, istiqbolli xo'jaliklarni yaratish bo'yicha yangi imkoniyatlarni ochgan holda, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilyapti.

Masalan, yaqinda “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining qishloq xo'jaligi tarmoqlariga kredit ajratish boshqarmasining bir guruh ekspertlari Seafood Expo Global/Seafood Processing Global an'anaviy ko'rgazmasi tashkilotchilarining taklifiga binoan, Belgiya poytaxti Bryusselda bo'ldilar.

Seafood Expo Global/Seafood Processing Global - xalqaro baliq sanoati ko'rgazmasi Еvropa hududida ushbu tarmoq bo'yicha muhim voqea hisoblanadi. Namoyish dunyoning 78 mamlakatidagi 28 500 mutaxassisni birlashtirdi. Unda 1946 ta baliq ovlash kompaniyalari, baliq mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlari, tarmoqqa oid ilmiy tadqiqot kompaniyalari va tashkilotlar, vakillari va nufuzli ekspertlar ishtirok etdi.

Seafood Expo Global/Seafood Processing Global ko'rgazmasi baliq, dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash va transportirovka qilish, ushbu mahsulotlarni saqlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha eng yangi texnologiya va uskunalar bilan tanishish imkoni mavjud bo'lgan maydoncha hisoblanadi.

Namoyishda “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki vakillari, baliqchilik tarmog'ining tajribali mutaxassislaridan kerakli maslahatlarni oldi hamda Islandiyaning “Marel”, Amerikaning “NOTHUM”, Gollandiyaning “Anova” singari etakchi baliqni qayta ishlaydigan kompaniyalari, Gollandiyaning baliqlar ozuqasini ishlab chiqaruvchi “Correns”, Isroilning yopiq suv ta'minoti qurilmalarini quruvchi “AQVA MAOF”, Turkiyaning sun'iy hovuzlarni ishlab chiqaruvchi “Akvaplast” kabi yirik kompaniyalari bilan baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.

Muzokaralar yakunida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki ekspertlari yopiq suv ta'minoti qurilmalarini qurish bo'yicha dunyoda etakchi o'rinlardan birini egallangan Isroilning “AQVA MAOF” kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga doir bitimni imzoladi. Ushbu kompaniya mutahassislari o'zbek hamkasblariga eng arzon tannarhda baliq va dengiz mahsulotlarini etishtirish imkonini beradigan texnologiyalarini etkazib berishga tayyor ekanini bildirdi. Masalan, joriy yilda bir nechta qo'shma loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Ular orasida Sirdaryo viloyatining “Sirdaryo Fish Technology” mas'uliyati cheklangan jamiyati negizidagi suv havzasida intensiv texnologiyalardan foydalangan holda, 4000 tonnali baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid loyihani alohida ta'kidlash zarur.

Shuningdek, baliqlar uchun eng sifatli ozuqa ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi yirik kompaniyalardan hisoblanagan Gollandiyaning “Correns” kompaniyasi bilan ham hozirgi kunda eng talab yuqori bo'lgan baliq ozuqasini mamlakatimizga maqbul narxlarda etkazib berish bo'yicha kelishib olindi.

Back to the list