uz
Internet banking

Ipoteka-bank hamkorlik koʻlamini kengaytirmoqd

2018 yil 7 iyunь kuni “Ipoteka-bank” aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankida poytaxtimizda Polsha tadbirkorlari ishtirokida boʻlib oʻtgan biznes-forum qatnashchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Polsha Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari Andjey Pilat, palataning tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha boʻlimi boshligʻi Eljbeta Voytas, palataning Markaziy Osiyodagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Katajina Kanevska, oʻzbekistonlik sheriklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ishbilarmon doiralar vakillari, yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv baliq yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga bagʻishlandi.

Polshada ovlanadigan baliq turlari selektsiyasi, ularni texnologik qayta ishlash, baliq uchun yem ishlab chiqarish, baliqchilik uchun uskunalar yaratish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatda asosiy eʼtibor xonbaliq va karp yetishtirishga qaratiladi. Baliqlarni hovuzda parvarishlash ishlari yuksak ilmiy va biotexnik darajada yuritiladi. Bu yerda iliq suv, yopiq suv taʼminoti tizimi moslamalari keng qoʻllaniladi. Ixtisoslashgan baliqchilik xoʻjaliklari baliq mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilaridir.

Uchrashuvda “Ipoteka-bank” ATIB vakillari mehmonlarga mamlakatimizda bank sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, iqtisodiyot va valyuta bozorini liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar manfaatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilinayotgan choralar haqida soʻzlab berdi.

Oʻz navbatida, Polsha ishbilarmon doiralari vakillari yurtimizda kuzatilayotgan ijobiy iqtisodiy oʻsish surʼatlarini alohida qayd etdi va hukumatimizning xorijiy sarmoyadorlar uchun zarur sharoitlarni yaratish borasidagi saʼy-harakatlarini maʼqulladi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Polsha turli sohalarda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha boy tajribaga ega. Mazkur uchrashuv hamkorlikning yana bir yoʻnalishini rivojlantirishda yangi qadam boʻldi. Yaʼni, tadbir Oʻzbekiston va Polьsha baliqchi tadbirkorlari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish, ushbu sohada ilgʻor tajribani oʻrganish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni ayaratish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, akvamadaniyat muammolariga oid ilmiy maʼlumotlar boʻyicha keng almashinuvni yoʻlga qoʻyishga xizmat qildi.

Polsha ishbilarmon doiralari vakillari mazkur sohada oʻzaro hamkorlikni kengaytirish uchun doimo tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar baliq uchun yem ishlab chiqarish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqdi. Tadbirda shuningdek, baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida uskunalar, baliqni nazorat va monitoring qilish, suv parametrlari tizimlaridan foydalanish boʻyicha tajriba almashish, har ikki mamlakatda baliqchilik va baliq bozori holati va uni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari boʻyicha fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro aloqalar va uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosi boʻyicha nazorat mexanizmini qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldi.

Tomonlar ikki mamlakat baliqchi-tadbirkorlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikning muhim jihatlaridan biri sifatida belgiladi.

Xususan, baliqchilik uskunalari, baliqni koʻpaytirish materiali, baliq yemini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish masalasini koʻrib chiqishga qaror qilindi.

Shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB va Polsha Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda mamlakatimizning turli hududlarida baliqchi-tadbirkorlar uchun turli uchrashuv va seminarlar oʻtkazish rejalashtirildi.

Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, baliq koʻpaytirish hamda baliqchilik sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari boʻyicha tajriba almashish tez orada oʻzbek tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Polьshaga boʻladigan kelgusi tashrifida davom ettiriladi.

Back to the list