uz
Internet banking

KORRUPSIYA - TARAQQIYOTGA G'OV

2018 yil 28 iyulida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining bosh ofisida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Markaziy bank va Respublika ma'naviyat targ'ibot markazi vakillari ishtirokida “Bank tizimida mehnat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish" mavzuida seminar tashkil etildi.

Videokonferensaloqa tarzida o'tkazilgan seminarni “Ipoteka-bank”ning barcha filiallari xodimlari kuzatib bordi.

Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 3 yanvarda imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g’risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni davlat idoralariga nisbatan fuqarolar va tadbirkorlarning ishonchini mustahkamlash, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, vakolatli idoralar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholining mazkur sohadagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Seminarda bank tizimida tartib va intizom susayishi oqibatida xodim ongini ta'magirlik, poraxo'rlik va korrupsiyaning boshqa ko'rinishdagi illatlar egallashi, bu esa tizimga putur etkazish bilan birga, xodimning o'zi va oilasi uchun ham jiddiy salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi.

- Hozirgi vaqtda korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid solayotgan asosiy xavf, iqtisodiyot rivojlanishiga to'siqdir, - deydi Adliya vazirligi vakili Hayot Qilichev- U ijtimoiy barqarorlikka ham ta'sir ko'rsatadi. Yosh xodimlarning Vatanga, kasbga sadoqatini oshirishga yo'naltirilgan bugungi seminar ularni ta'magirlik va poraxo'rlik kabi illatlardan yiroq bo'lish, eng muhimi, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyatidan batafsil xabardor bo'lishga undadi, desam xato bo'lmaydi.

Seminarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, "Ipoteka-bank" ATIB tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga atroflicha to'xtalib o'tildi. “Bank sohasida korrupsiyaning kelib chiqishi va unga qarshi kurashish” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Back to the list