uz
Internet banking

Ipoteka-bankning bepul “Internet-banking” xizmatidan foydalaning !!!

Ipoteka-bankda “Internet-banking” xizmatida yangi imkoniyatlar

Ipoteka-bankda xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bepul “Internet-banking” xizmatini ko'rsatish yo'lga qo'yildi. “Ipoteka-bank” mijozlarning talablaridan kelib chiqqan holda hamda yangi mijozlarni bank xizmatidan foydalanishga taklif qilish maqsadida, ushbu xizmatni yanada qulay ko'rinishda taqdim etmoqda.

“Internet-banking” o'zi nima?

“Internet-banking” - mijozlarning bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimi bo'lib, ushbu tizim mijozlarga uydan chiqmagan holda bankning ko'plab xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Buning uchun bor-yo'g’i internetga ulanish imkoniga ega kompyuter yoki smartfonda Ipoteka-bankning mobil ilovasi o'rnatilgan bo'lishi kerak.

Ipoteka-bankdan “Internet-banking” tizimida yangi xizmat turi.

Endi Ipoteka-bank mijozlari hisob raqamlariga qo'yilgan to'lov talabnomalarini masofadan turib akceptlashlari (to'lovga rozilik yoki rad etishlari) mumkin.

Mazkur xizmat turi bugungi kunda O'zbekistonda yagona hisoblanadi. Endi Siz Ipoteka-bank xizmatlaridan masofadan turib yanada qulaylashtirilgan holda foydalanishingiz mumkin.

Endi ilgarigiday “talabnomangizni akceptlash uchun bankka kelib keting” deb telefon orqali Sizni bezovta qilishmaydi. Faqat Ipoteka-bankning “Internet-banking” xizmatiga ulansangiz kifoya.

Yangi xizmatga ulanish uchun nima qilish kerak?

Sizga xizmat ko'rsatiladigan Ipoteka-bank filialiga faqatgina bir marta borib, “Internet-banking” xizmatidan foydalanish yuzasidan yozma murojaat qilasiz va elektron kalitni qo'lga kiritasiz.

Mana shu kalitdan foydalangan holda bankning “Internet-banking” xizmati orqali o'zingiz istagan bank operatsiyasini amalga oshiring va o'z hisob raqamlaringizni o'zingiz boshqaring.

"Ipoteka-bank"dagi “Internet-banking” xizmatining afzalliklari:

Bepul - ya'ni masofadan hisobni boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish mutlaqo bepul! Elektron kalit tekinga beriladi va hech qanday oylik abonent to'lovi yo'q.

Vaqt tejamkorligi va qulaylik - barcha bank operatsiyalari internet orqali bank filialiga bormasdan bajariladi. Hatto mijoz xorijda turib ham, internet orqali bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. 

Back to the list