uz
Internet banking

Milliy matbuot markazida «Aholi uchun arzon ko'p qavatli uy-joylarni kreditlash bo'yicha yangi chora-tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

2018 yil 17 avgust kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida «Aholi uchun arzon ko'p qavatli uy-joylarni kreditlash bo'yicha yangi chora-tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda «Ipoteka-bank» ATIB Ipoteka va iste'mol kreditlari boshqarmasi boshlig'i Bobur Nurmuhamedov, “Ipoteka-bank” ATIB qurilish tashkilotlarini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Tashpulatov, «Ipoteka-bank» ATIB Ipoteka va iste'mol kreditlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Farhod Qurbonov hamda mutasaddi xodimlari shuningdek, «O'zshahar qurilish invest» IK MCHJ vakillari va tele va radio, internet va matbuot ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Tadbirda yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlarida «Ipoteka-bank» ATIBning ham munosib xizmatlari borligini alohida e'tirof etildi. Shuningdek, bank zimmasida qurilishlarni moliyalashtirish, qurib bitkazilgan uy-joylarni aholiga belgilangan kreditlar asosida sotish kabi ko'plab muhim vazifalar ijrosini ta'minlash yuklatilganligiga bank mutaxassislari qurilish maydonlaridagi ish jarayonini doimiy o'rganib, ob'ektlarni o'z vaqtida, sifatli topshirilishi yuzasidan muntazam nazorat ishlarini olib borayotganiga alohida urg'u berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi «2017 - 2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi PQ-2660-son va 2017 yil 13 yanvarda qabul qilingan «2017 - 2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida»gi PQ-2728-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida”gi PQ-3350 sonli qarorlarda aholining ehtiyojmand qismini uy-joy bilan ta'minlashni yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan bo'lib, uning ijrosini ta'minlash yuzasidan mamlakatimizning barcha shaharlarida ko'p qavatli uylar qurish belgilangan.

Ipoteka kreditlarini ajratilishida, kredit berish tartibini takomillashtirish, bu borada aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususida «Ipoteka-bank» ATIB Ipoteka va iste'mol kreditlari boshqarmasi boshlig'i Bobur Nurmuhamedov alohida to'xtalib, bank tomonidan aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo'lgan ko'p qavatli uy-joylarga ajratiladigan kreditlarni berish mexanizmini soddalashtirilishi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirib o'tdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyuldagi 555-f-sonli farmoyishiga muvofiq ayni paytda Toshkent shahri va respublikamizning barcha shaharlarida 411 ta ko'p kvartirali uy-joy qurilishi jadal davom etmoqda. Rejaga ko'ra, shu yilning o'zida 16 995 ta muhtoj oilalar arzon va shinam uy-joy bilan ta'minlanadi.

Uy-joyga muhtoj fuqarolarni (oilalarni) aniqlash va xonadonlarga biriktirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning talablaridan kelib chiqib shahar (tuman) hokimligida tashkil etilgan hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Arzon uy-joylarni aholiga biriktirilish tartibi hususan, hududiy komissiyalar faoliyati haqida “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka va iste'mol kreditlari boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari Farhod Qurbonov o'z ma'ruzasida to'xtalib, bu borada bankda aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususan “Bir darcha” qulayliklari xususida gapirib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi “2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mehanizmlarini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida”gi PQ-3863-sonli qaroriga binoan uy-joyga muhtoj bo'lan fuqarolarga yanada engillik yaratish maqsadida boshlab boshlang’ich badal mablag’larini 10-20% o'zgaruvchan (differencial) ya'ni, ko'p qavatli uy-joylarning qavatiga qarab boshlang’ich badal miqdori belgilanishi kelib chiqib, o'rtacha 15 foizni tashkil etadi.

“Arzon va ko'p qavatli uylarni qurilishini moliyalashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida “Ipoteka-bank” ATIB qurilish tashkilotlarini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig’i Shuhrat Tashpulatov yig’ilganlarga atroflicha so'zlab berdi. Hozirda 2017-2020 yillarda shaharlarda ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining parametrlari tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra kelgusi 4 yil davomida jami 51 350 kvartiradan iborat 5, 7 va 9 qavatli 1 236 ta uy-joylar qurilishi belgilangan.

Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, «Ipoteka bank» ATIB tomonidan 2018 yil uchun rejalashtirilgan jami 16 995 xonadonli 411 ta ko'p qavatli uy-joylar qurilishi moliyalashtirilmoqda. Bu qarorga asosan, ushbu ko'p qavatli uy-joylar qurilishi uchun «O'zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasiga 3,2 trln. so'm miqdorida kredit liniyalari ochildi.

Mazkur 411 ta ko'p qavatli uy-joylar yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ularda qurilish ishlarining borishi, sifatli materiallardan foydalanilishi, zamonaviy me'morlik me'yorlariga amal qilinishi tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qat'iy nazorat qilib borilmoqda. Ahir, ko'rkam loyiha asosida barpo etilgan, poydevori mustahkam, pishiq g’ishtdan ko'tarilgan, tomi metall tomyopqich bilan yopilgan uy nafaqat shinam bo'ladi, balki bir necha avlodga xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirok etgan “O'zshahar qurilish invest” bosh muhandisi B.Qurbanov, marketing bo'limi rahbari M.Nazarov, marketing bo'limi rahbari o'rinbosari L.Umarov, kompaniya bosh yuristkonsultanti yig’ilganlarga uy-joylarni qurilishini borishi, qurilish materiallariga qo'yilayotgan talab ko'p qavatli uylardagi seysmik barqarorlikka qadar bo'lgan hamma jarayon haqida so'zlab berdilar.

Tadbir doirasida «Ipoteka-bank» ATIB aholini uy-joy ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlarning faol ishtirokchilardan biri ekanligi shu boisdan, belgilangan vazifalar ijrosini o'z vaqtida bajarish, mijozlar ishonchini oqlash, ularga sifatli, qulay va tezkor bank xizmatlarini ko'rsatish borasida samarali mexanizm yaratilganligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Anjuman so'nggida ishtirokchilar jurnalistlar savollariga javob berdilar.  

Back to the list