uz
Internet banking

So'nggi yillarda respublikada baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bo'yicha maqsadli dasturlar qabul qilinib amalga oshirilmoqda

Ayni paytga kelib 3 ming atrofida baliqchilik xo'jaliklari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Baliqchilik xo'jaliklarini tizimli ravishda qo'llab-quvvatlash yo'lida tijorat banklari tomonidan baliqlarni suv havzalari va sadok moslamalaridagi intensiv usulga ega tabiiy havzalarda etishtirish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo'naltirilgan kreditlar taqdim etilmoqda.

Mamlakatimizda baliqchilik sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi inkubatsion sexlarni qurish, baliqchilik qarorgohlariyb yaratish, intensiv texnologiyalar asosida etishtiriladigan baliqlar hajmini orttirish va baliqchilik xo'jaliklari oziq manbaini mustahkamlash va ushbu sohani moliyalashtirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar o'tkazilmoqda.

Xorijiy sarmoyalar va tajribali mutaxassislarni jalb qilish, yuqori salmoqli zotdor baliq turlarini tabiiy va sun'iy suv havzalarida etishtirishni joriy etish va kelgusida ham rivojlantirish yo'lida baliqchilik sohasini xorij tajribasini respublikada keng yoyish, baliqchilik sohasini tashkil etishda "Ipoteka-bank" ATIB faol harakat qilmoqda.

Bank mutaxassislari endilikda nafaqat baliqchilik sohasida katta tajribaga ega bo'lgan mavjud va qayta tashkil etilayotgan xo'jaliklarni kreditlash uchun maqbul tizimni yaratish ustida ishlash balki, xalqaro moliya institutlari vositalarini keng jalb qilish bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazish va baliq ishlab chiqarish va ishlov berish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda ishtirok etmoqdalar.

"Ipoteka-bank" qoshida tuzilgan “Ipoteka Leasing” lizing kompaniyasi baliqchilik va baliq etishtirish, soha uchun zarur mashina va moslamalar, baliqchilik va ishlov berish jarayoniga kerakli vositalarni sotib olish, baliq etishtirishda kerakli uskunalarni xarid qilish uchun lizingning amaliy usullaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratmoqda.

Hozirning o'zidayoq baliqchilik xo'jaliklarini yaratish, kengaytirish va yangilash, intensiv texnologiyalar va ilg'or xorij tajribasini joriy etish, ish hajmini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan baliq mahsulotlariga ishlov berish va saqlash borasida 3000 ta loyiha moliyalashtirib ulgurildi, deb ishonch bilan ta'kidlash mumkin.

Bank mutaxassislari ham chetda turmasdan, mamlakatimiz baliqchilari tez-tez duch keladigan muammolarni o'rganish, istiqbolli xo'jaliklarni yaratish uchun yangidan yangi sharoitlarni hosil qilish uchun xorijiy mutaxassislar bilan izchil hamkorlik qilish ishlarida faol bo'lmoqdalar.

"Ipoteka-bank" ATIB rahbariyati va hodimlari hamda Turkiya Respublikasining vakili Selchuk Solak o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv buning yorqin dalilidir.

Uchrashuv davomida baliqchilik sohasiga sarmoya jalb qilish sohada hamkorlik istiqbollari, ayni yo'nalishda ilmiy yangiliklarga qo'l urish uchun yangi texnologiyalarni rivojlantirish va o'rganish borasida yakdil harakat qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog’ida mamlakatmizda qulay investitsion muhit yaratilganiga alohida e'tibor berildi.

Ayni damda Turkiyaning akvamadaniyat borasidagi muvaffaqiyati hatto evropaliklarni ham lol qoldirmoqda. Turkiya Respublikasi dunyoda bali? ma?sulotlari ishlab chiqarishda Norvegiyadan so'ng ikkinchi etakchi davlat hisoblanadi. Aynan ushbu dalil bugun Turkiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etgan mutahassislarni befarq qoldirmagan albatta.

Turkiyada ayni soha davlat yirik sarmoya kiritishni boshlagan davrdan e'tiboran taraqqiy eta boshlagan. Turkiya akvamadaniyati loyihalarida jadallik bilan ishlayotgan yangi tizim va texnologiyalar tufayli Turkiya yiliga 260 000 tonna baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqaradi. Shu o'rinda alohida ta'kidlash zarurki, Turkiya baliqchi kompaniyalari kamalakrang forel, karas va qora dengiz lososini butun yil davomida etishtiradilar. Oq baqra, sevryuga va osyotrni yirik miqdorda shaxsiy xo'jaliklar etishtiradilar.

O'tkazilgan muloqotlar yakunida tomonlar sarmoyalar va turk mutaxassislarini jalb qilish, respublikada yuqori mahsuldor baliq turlari, samarali turlarini tabiiy va sun'iy havzalarda etishtirishni joriy etish va kengaytirish, O'zbekistonda baliqchilik sohasini tashkil etishni qo'llab-quvvatlash borasida memorandum imzolashga erishildi.

Back to the list