uz
Internet banking

Hamkorlik munosabatlari kengaymoqda.

Shanxay siyosiy-huquqiy komissiyasining Bosh kotibi Cheng In boshchiligida delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida “Ipoteka-bank” bosh ofisida delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi investitsiyalarni to'g’ridan-to'g’ri jalb qilish va samarali o'zlashtirish mavzusi bo'ldi. Shanxay siyosiy-huquqiy komissiyasining Bosh kotibi Cheng In o'z ma'ruzasida O'zbekiston iqtisodiyotini yuqori baholab, mamlakatda yaratilgan qulay investitsion muhitni alohida e'tirof etib o'tdi. U O'zbekiston bilan hamkorlik munosabatlari yangi pog’onaga ko'tarilayotgani haqida alohida ta'kidladi. Ushbu hamkorlik munosabatlarida Chen In O'zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilish orqali birgalikda uzoq muddatli investitsion loyihalarni amalga oshirish mumkinligini qayd etib o'tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga hozirda Aydar-Arnasoy suv tizimida suv havzalaridan unumli foydalanish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda baliqning sermahsul turlarini ko'paytirish, mazkur suv tizimining iqtisodiy va investitsion salohiyati aks etgan prezentatsiya namoyish etildi.

Prezentatsiyaga katta qiziqish bildirgan xitoylik mehmonlar O'zbekistonning iqtisodiy, sanoat va investitsion salohiyati, makroiqtisodiy islohotlar va YAMM ulkan ko'rsatkichlarini yuqori baholadilar.

Tomonlar ikki mamlakatning iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida o'zaro uzviy hamkorlik qilish orqali kelgusida mahsulot aylanmasini 20 milliard dollargacha etkazishi qayd etildi.

Hozirda O'zbekistonda Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda 700 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda, Toshkentda “O'zbek-Xitoy savdo uyi” ochilgan bo'lib, Xitoy savdo va tijorat korxonalari Assotsiyasi o'z ishini olib bormoqda.

Muzokaralar jarayonida shuningdek, baliqchilik, qurilish, tadbirkorlik sohalarida hamkorlik, ilmiy kadrlar almashinuvi hamda ikki tomon uchun manfaatli bo'lgan loyihalarga to'g’ridan-to'g’ri investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog’ida, Xitoy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan etarli salohiyatga ega ekanligi hamda mahalliy korxonalarga uzoq muddatli istiqbolli loyihalarga investitsiyalar jalb etishi alohida ta'kidlandi.

Tadbir so'nggida tomonlar “Hamkorlik to'g’risida Memorandum” imzoladilar. Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari baliqchilik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, engil sanoat tarmog’ini rivojlantirish etib belgilandi. 

Back to the list