uz
Internet banking

«Mehnat» minibanki uzaytirilgan 15 soatlik ish tartibida ishlamoqda

Taqdim etilayotgan bank xizmatlarini sifatini yaxshilash va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida 2018 yil 17 sentyabridan boshlab «Ipoteka-bank» ATIB Mehnat filialining Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani «EkoBozor» savdo majmuasi hududida joylashgan “Mehnat” minibanki uzaytirilgan 15 soatlik ish tartibiga o'tib, amaliyotlarni soat 08-00 dan 23-00 ga qadar amalga oshiradi.

«Mehnat» mini-bankida Siz kommunal to'lovlarni to'lash, valyutalarni ayirboshlash, xalqaro pul o'tkazmalari orqali pul mablag’larini jo'natish yoki olish, omonatlar va kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta orqali amaliyotlarni amalga oshirish kabi bank xizmatlaridan o'zingizga qulay vaqtda foydalanishingiz mumkin.

Sizning talab va istaklaringizdan kelib chiqib, yanada ko'proq imkoniyatlar yaratishga harakat qilamiz.

Back to the list