uz
Internet banking

Transformatsiya - vaqt talab etadigan zaruriyat

Bugungi kunda ko'plab banklar rivojlanish strategiyasini o'zgartirish bo'yicha o'z mahsulotlari va xizmatlarinini transformatsiya qilish ustida ish olib borishmoqda. Ushbu o'zgarishlarsiz ertaga moliya-bank tizimida raqobatlashib bo'lmasligini tushunish muhim. Transformaciya - vaqt talabidagi zaruriyat sanaladi. Kelgusida mavqe'ini ushlab qolishni istagan tashkilot bugundanoq o'zgarishlarga boshlashi lozim. Banklar turli echim va imkoniyatlarni, shu jumladan, yirik xalqaro moliya tashkilotlari guruhlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish kabi yo'llarni ham tadqiq etib amalga tatbiq qilishmoqda.

Shu tarzda, dunyoning eng ilg’or amaliyotlariga muvofiq, Prezidentimizning AQSHga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida “Ipoteka-bank” ATIB va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o'rtasidagi hamkorlikka ilk kelishuv imzolangan edi.

IFC bilan hamkorlik dasturi O'zbekistonga to'g’ridan-to'g’ri sarmoyalar jalb qilish barobarida bankning uch yillik Transformatsiyasini Dasturini amalga oshiradi. Bu biznes qurishning prinsipial yangi modeli, mijozlarning muammolari echimiga an'anaviy yondoshishning butkul qaytadan ko'rib chiqilishi, bank mahsulotlari, xizmatlar, marketing va savdo, mijozlarga xizmat ko'rsatish, amaliyotlar jarayonining o'zaro jipslashuvi orqali raqamli muhitga o'tkazilishidir.

“Ipoteka-bank” ATIB bank risklarini boshqarish va sarmoyalarni jalb etish sohasida katta o'zgarishlar arafasida. Kapital rentabelligining oshishi, tijorat funksiyalarining kuchaytirilishi, tashkiliy tuzilmalarda o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Asosiy e'tibor mijozlarga xizmat ko'rsatishning butunlay boshqacha konsepsiyani anglatuvchi zamonaviy, ilg’or usullarini tatbiq qilishga yo'naltiriladi. Biznes mahsulot atrofida emas, balki mijoz atrofida quriladi, an'anaviy aloqalar o'rnini mijozlarga yo'naltirilgan innovatsion tizimlar egallaydi.

Axborot texnologiyalari imkoniyatlarini qo'llash va yangi bank mahsulotlarni ishlab chiqish o'zgarishlar dasturining asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Raqamli «qayta ishga tushirish» nafaqat barcha jarayonlarni qayta qurishni, balki bank xodimining dunyoqarashi o'zgarishini ham talab qiladi. Yangi konsepsiya endi mavjud boshqaruv va operatsion modelda ishlay olmaydi. U rahbar va xodimlarning fikrlashi o'zgarishini, yangicha biznes madaniyatini joriy qilishni talab etadi.

O'zgarishlar bo'yicha tayyorgarlik bosqichida IFC mutaxassis va ekspertlari jamoasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tashabbus va jarayonlar loyihalar portfeliga kiritildi va yaqin yillar mobaynida amaliyotga tatbiq qilinadi. Ularni samarali amalga oshirish uchun mijozlarga xizmat ko'rsatish tajribasiga qaratilgan vazifalarni hal qilish, shuningdek, mijozlar sodiqligini qo'llab-quvvatlovchi innovatsiyalarni joriy qilish zarur. 2020-yil oxiriga qadar «Ipoteka-bank» ATIB yangi amaliyotlarni yo'lga qo'yish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish va mijozlarga butunlay yangicha ko'rinishdagi xizmatlarni taklif qilish orqali bosqichma-bosqich ravishda raqobatbardosh faoliyat natijalarini va'da qiladigan ochiq, integrallashgan va istiqbolli texnologik tizimga o'tadi. Shuningdek, xizmatlarni differensiatsiyalash uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Back to the list