uz
Internet banking

Ipoteka-bank oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga chiqardi.

Aholining investitsiya va jamg’arish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamda jahon tajribasi va amaliyotidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo'yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil turdagi oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo'yilgan bo'lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og’irligi 31,1 grammdan1 iborat.

Sotuvga jami bankning Qashqadaryo filialidan tomonidan 50 ta oltin va 261 ta kumush tangalari, Toshkent shahri Mehnat filiali tomonidan 50 ta oltin va 269 dona kumush esdalik tangalari qo'yilgan. Mazkur esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Back to the list