uz
Internet banking

«Ipoteka-bank» ATIBda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlarining 9-standarti tatbiq qilinmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-3270-sonli qarorining ijrosini ta'minlash, xorijiy investorlarga xalqaro standartlarga javob beradigan yanada ishonchli va xolis moliyaviy hisobotlarni taqdim etish va xalqaro standartlar asosidagi buxgalteriya hisobini tubdan takomillashtirish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (HMHS)ning 9-standartini tatbiq etdi.

“Ipoteka-bank” ATIBda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (HMHS)ning 9-standartini tatbiq qilish jarayoni 2017 yilda boshlangan bo'lib, dastlab “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv Kengashida muhokama qilindi. 2018 yil 13 fevraldagi Bank Boshqaruvining 23-sonli qaroriga asosan HMHS 9-standarti talablari bo'yicha Ipoteka-bank moliyaviy aktivlari sifatini baholovchi model yaratish ishlari boshlangan edi.

Ushbu jarayonda HMHS 9-standarti talablarini “Ipoteka-bank” ATIB tizimida tatbiq etish bo'yicha “Ipoteka-bank moliyaviy aktivlarini baholash metodologiyasi” ishlab chiqildi. Metodologiya yaratish jarayoniga dunyoning “Katta to'rtlik” deb ataluvchi etakchi xalqaro kompaniyalaridan biri konsultant sifatida jalb qilindi. Metodologiya va ushbu asosda yaratilgan modelga xalqaro kompaniyaning sharhlari olindi va bu sharhlar asosida metodologiya bank tomonidan takomillashtirildi.

Ushbu metodologiyaga ko'ra katta ma'lumotlar bazasi yaratildi va tahlil qilindi. Jumladan, Ipoteka-bankning 5 yillik kredit portfeli, barcha moliyaviy aktivlari, balansdan tashari moddalar, debitorlik qarzdorliklari va boshqa ma'lumotlar tahlil qilindi. Shuningdek, ushbu modelda O'zbekiston Respublikasining 5 yillik makroiqtisodiy statistik ma'lumotlari asosida iqtisodiy tendensiyalar va istiqbollarning “Ipoteka-bank” ATIBga ta'siri korrelyatsion tahlil qilindi.

Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (HMHS)ning 9-standartini tatbiq qilish natijasida, lozim holda moliyaviy aktivlarga zahiralar tuzish va Ipoteka-bankning aktivlari qiymati xalqaro standartlarga muvofiq aks ettiriladi.

Back to the list