uz
Internet banking

E'lon

Hurmatli aksiyador!

«Ipoteka-bank» ATIB Kuzatuv kengashi 2019 yilning 7 yanvar kuni soat 11:00 da , Toshkent shahri, Istiqlol ko'chasi, 9-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB Mehnat filialining majlislar zalida «Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tishini ma'lum qiladi.

Yig’ilish kun tartibi:

“Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashi a'zolarini qayta saylash.

Bankning affillangan shaxslari O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan bitimlar tuzishni tasdiqlash.

“Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi Raisini tasdiqlash.

  • Aksiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yig’ilishni o'tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2018 yil 24 dekabr.
  • Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2018 yil 28 dekabr.
  • Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig’ilishga oid hujjatlar bilan Toshkent shahri, Shaxrisabz ko'chasi, 30 uy manzilida tanishishlari mumkin (bankning elektron pochta manzili: senbum@ipotekabank.uz mailto:info@ipotekabank.uz, korporativ veb-sayti www.ipotekabank.uz http://www.ipotekabank.uz).

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig’ilishiga:

  • aksiyador (jismoniy shaxs) shaxsini tasdiqlovchi hujjat- pasport bilan;
  • aksiyador vakili - notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan;
  • yuridik aksiyador (korxona rahbarlari) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnoma, lavozimga tayinlanganlik to'g’risidagi buyruq nushasi bilan;
  • yuridik aksiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma) bilan kelishlari lozim;

Yig’ilish qatnashchilarini ro'yhatga olish 2019 yil 7 yanvar, soat 10:00 da boshlanib 10:55 da to'xtatiladi.

“Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashi

Back to the list