Ipotekabank ATIB Do'stobod filialining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ipoteka-bank mijozlarga yanada sifatli va namunali bank xizmatlarini taqdim etish maqsadida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida Do'stobod filialini ochdi.

Tadbirda mahalliy hokimiyat, Markaziy bank vakillari, tadbirkor va biznes sohasining vakillari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida yig’ilganlarga filialda mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'ziga xos qulayliklar namoyish etildi.

Shaharchaning markazida joylashgan mazkur filialda mijozlar infokiosklar,internet banking,milliy valyutada naqd mablag'larni echib olish uchun bankomatlardan foydalanishlari mumkin.

Filial manzili: Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumani, Do'stobod shaharchasi, Oqqo'rg’on ko'chasi 1 uy.

Back to the list