uz
Internet banking

Ipoteka-bank xalqaro pul o'tkazmalari tizimida yana bir yangilik. 2019 yil 4 yanvardan boshlab bank shoxobchalarida “Contact” tizimi ishga tushdi.

«Ipoteka-bank» ATIB tizimida «Western Union», «Money Gram», «Unistrem» va «Zolotaya Korona» xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari safiga «Contact» tizimi qo'shildi. Ushbu tizim bankda yangi yildan boshlab o'z faoliyatini boshladi. Endi siz bankning istalgan filialiga yoki xalqaro pul o'tkazmalari mavjud shoxobchalariga murojaat qilgan holda «Contact» tizimining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin!

«Contact» xalqaro pul o'tkazmalari tizimi 170 tadan ortiq davlatlarda 500 mingdan ortiq xizmat ko'rsatish shoxobchalari ega bo'lib, o'zining tezkorligi, qulayligi, arzon tariflari va bivalyuta o'tkazmalarga ega ekanligi bilan boshqa tizimlardan ajralib turadi.

Tashrif buyuring va xizmatlarimizga baho bering! «Ipoteka-bank» Siz uchun imkoniyat yaratishda davom etadi.

Back to the list