uz
Internet banking

Toshkent shahridagi «Poytaxt» biznes-markazida «Ipoteka-bank» ATIB tomonidan tashkil etilgan seminar bo'lib o'tdi.

Seminar qatnashchilari O'zbekistondagi baliqchilik sohasining kelgusi rivojlanishi, intensiv tehnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari va baliqchilik bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarni kreditlash va moliyaviy qo'llab-quvvatlashga oid bugungi kunda dolzarb bo'lib turgan masalalarni muhokama qilishdi.

Tadbirda «Ipoteka-bank» Boshqaruv Raisi o'rinbosari D.Zulfukarov, «O'zbekbaliqsanoat» Assotsiatsiyasi Raisi o'rinbosari SH.Rahmatov, «Ipoteka-bank» ATIB baliqchilik sohasidagi davlat dasturlari bilan ishlash bo'yicha bo'lim boshlig’i F.Rahimov, «Ipoteka-bank» ATIB mutaxassislari, Baliqchilik ilmiy markazi mutaxassislari, «GreenAgroTechnology» kompaniyasi rahbari, baliqchilik bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi manfaatdor muassasalar, tashkilotlar, moliya muassasalarining baliqchilik sohasidagi bugungi kundagi mavjud muammolarini hal qilishdagi sa'y-harakatlarini birlashtirishda o'z ifodasini topgan edi.

Hozirda O'zbekistonning barcha hududlarida yangi baliqchilik xo'jaliklarini o'rganish va shakllantirish bo'yicha ishlar faol sur'atlarda olib borilmoqda, potensial investorlar, mahalliy va xorijiy tarmoq ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda suv ta'minotining yopiq siklidan foydalanuvchi baliqchilik korhonalarining qurilishi va faoliyat yuritishi masalalari ishlab chiqilmoqda. Еtishtirilayotgan baliqlar va boshqa gidrobiontlar turlarining tarkibini kengaytirish, shuningdek baliqlarning virusli kasalliklari tadqiqotlarini o'tkazish uchun sharoitlarni yaratish bo'yicha ish olib borilmoqda.

Seminar ishtirokchilari O'zbekistonning turli xil hududlarida baliqchilik sohasining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, akvamadaniyat sohasidagi ustivor yo'nalishlar, moliya muassasalarining tarmoq rivojidagi ishtiroki, shuningdek ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish va to'g’ridan-to'g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

«Ipoteka-bank» ATIB baliqchilik sohasidagi davlat dasturlari bilan ishlash bo'yicha bo'lim boshlig’i Farida Rahimovaning so'zlariga ko'ra, 2019 yilda 288 ta baliqchilik xo'jaliklariga 575,060 mln. so'm miqdorida moliyaviy ko'mak ko'rsatish rejalashtirilmoqda, bu tovar balig’ini ishlab chiqarish hajmlarini 201,500 ming tonnagacha oshirishga erishish, shuningdek emlarni tayyorlash va baliqlarni qayta ishlash bo'yicha korxonalarni yaratish uchun sharoitlarni shakllantirish bo'yicha ishni davom ettirish imkonini beradi. F.Rahimov o'z nutqida 2018 yilning 6 noyabridagi 4005-son O'zbekiston Respublikasi Prezident qarorida qo'yilgan vazifalarni ro'yobga chiqarilishini ta'minlash maqsadida bank mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil gapirib berdi.

Baliq etishtirish hajmlarining oshishi bevosita innovacion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng tadbiq etilishiga bog’liq. Hozirgi vaqtda ushbu mavzuga respublikada alohida e'tibor qaratilmoqda. «Ipoteka-Leazing» kompaniyasi rahbari B.Hoshimovning nutqi O'zbekistonda baliq etishtirishning yangi intensiv texnologiyalarini joriy etish masalalariga bag’ishlangan edi.

«GreenAgroTechnology» kompaniyasi rahbarining chiqishi tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlarda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbirkor lyupindan em tayyorlash tajribasi bilan o'rtoqlashdi, uning ishlab chiqarilishi import qilinuvchi boyitilgan oqsil emlarining o'rnini to'ldirishi mumkin.

Tadbir chog’ida qatnashchilar eng dolzarb masalalarni muhokama qilishdi, sohadagi ish tajribalari bilan almashishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi, o'zaro hamkorlikning keyingi yo'nalishlarini belgilab olishdi. 

Back to the list