uz
Internet banking

Ipoteka-bank ATIB YTTB ning savdoni moliyalashtirish masalalari bo'yicha xalqaro moliyaviy maslahatchisini jalb qildi.

"Ipoteka-bank" ATIB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida "Ipoteka-bank" ATIB ning taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasiga YTTBning Xalqaro savdoni rivojlantirish dasturi bo'yicha katta maslahatchisi Igor Rusin tashrif buyurdi.

Igor Yuryevich Rusin xalqaro savdoni moliyalashtirish va korporativ bank sohasida 37 yillik tajribaga ega. Ilgarilari, I.Rusinning konsalting xizmatlari dunyoning 20 ta mamlakatidagi 70 dan ortiq banklarda juda talabdor bo`lgan.

Hozirda janob I. Rusin "Ipoteka-bank" ATIB ning xalqaro savdo va tuzilmaviy moliyalashtirish, kafolatlar, zaxiraviy akkreditivlarining imtiyozlari sohalarida, shuningdek, tavakkalchiliklarni boshqarish va operatsiyalarni texnik o`tkazish bo'yicha maslahatchi xizmatlarini ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha doimiy maslahatchisi hisoblanadi.

Xalqaro savdoni moliyalashtirish global iqtisodiy rivojlanish davrida alohida muhim hisoblanadi, va u ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kontragentlar bilan savdo aloqalarini ahamiyatga ega, u ushbu maqsadlarga aylanma mablag'larni jalb qilmasdan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bugungi kunda banklarning savdo va tuzilmaviy moliyalashdagi operatsiyalari va xizmatlari mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko'rsatishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Ipoteka banki xalqaro moliya amaliyotiga asoslangan va O'zbekiston Respublikasining qonun va me`yoriy hujjatlariga muvofiq tuzilgan hujjatli hisob-kitoblar va savdoni moliyalashtirish vositalarining eng peshqadam turlarini taklif qiladi.

Savdoni moliyalashtirish masalalariga doir maslahatlar o`tkazish bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun barcha qiziqqan shaxslar "Ipoteka-bank" ATIB ning mas'ul xodimlariga +998 71 2320654 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Back to the list