uz
Internet banking

Milliy matbuot markazida anjuman o'tkazildi.

Bugun 2 may kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida Ipoteka-bank ATIB rahbariyati va mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirokida “Kassa xizmatlarini universallashtirish va mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida kommunal to'lovlar, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul o'tkazmalari orqali pul mablag'larini jo'natish yoki olish, omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish, mobil ilovalar kabi bank xizmatlari sifatini yahshilash hamda mijozlarga qulayliklar yaratish” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirni “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o'rinbosari Mahmud Abduraxmanov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Tadbirda yurtimizda olib borilayotgan izchil iqtisodiy o'zgarishlarda “Ipoteka-bank” ATIB ning ham munosib xizmatlari borligi alohida e'tirof etildi.

Bugungi kunda bank xizmatlarini ommaboplashtirish, aholiga universal bank xizmatlarini taqdim etish borasida bankda bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, ko'rsatilayotgan xizmatlarni elektron shaklda - Internet orqali amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Tadbirda jismoniy shaxslarga Ipoteka-bank mobil ilovalari orqali o'z hisobraqamlari haqida ma'lumot olish, hisobraqamlarni boshqarish, kredit qarzdorliqlarini bankka kelmasdan so'ndirish, plastik kartalar orqali xorijiy valyutalarni sotib olish, kartadan-kartaga pul o'tkazish kabi amaliyotlarni bajarish imkoniyati mavjudligi haqida alohida to'xtalib o'tildi.

Tadbirda so'zga chiqqan Ipoteka-bank” ATIB Chakana amaliyotlar boshqarmasi jismoniy shaxslarning kommunal va boshqa to'lovlari bo'yicha hisob-kitoblar bo'limi boshlig'i Sherzod Madatov bank tomonidan aholiga taqdim etilayotgan elektron omonat turlari, masofadan turib boshqariluvchi omonatlar haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Xalqaro pul aylanmalari tariflari, bu borada yaratilayotgan qulayliklar va imtiyozlar xususida Chakana amaliyotlar boshqarmasi Xalqaro pul o'tkazmalari bo'limi boshlig'i Xilola Abdullaeva alohida to'xtalib, xalqaro pul aylanmalari tizimida bank tomonidan o'tkazilayotgan aktsiyalar haqida ma'lumot berib o'tdi.

Ipoteka-bankda mijozlarga ko'rsatilayotgan chakana bank xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan olib-borilayotgan chora-tadbirlar hamda bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar istiqbollari xususida berilgan ma'lumotlar jurnalistlarda katta qiziqish uyg'otdi.

Bugungi kunga kelib, bank tomonidan o'rnatilgan terminallar soni 27 580 taga etib, bank tomonidan 1,5 mln. tadan ortiq plastik karta muomalaga chiqarildi.

Bundan tashqari aholiga qulaylik yaratish maqsadida Ipoteka-bank tomonidan turli hududlarga 180 dan ortiq bankomatlar va infokiosklar joylashtirildi.

Shuningdek, "Ipoteka-bank" tizimida 71 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi qonunchilikda belgilangan tartib asosida valyuta mablag'larini qabul qilmoqdalar, shuningdek VISA kartalaridan AQSh dollari naqd ko'rinishda echib berilmoqda.

Mijozlar endilikda o'z mablag'larini naqd ko'rinishda nafaqat echib olishi balki o'z mablag'larini mobil ilovalar orqali Ipoteka-bank “elektron hamyon”laridan foydalanib masofadan turib boshqarishlari ham mumkin.

Mazkur amaliyotlar boshqa bank mijozlari uchun ham birdek qo'llaniladi. Valyutalarni sotish va sotib olishni amaliyotlari ham onlayn tizimda amalga oshirilmoqda.

Matbuot anjumani ishtirokchilari va ommaviy axborot vositalariga mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berdilar.

Back to the list