uz
Internet banking

Ipoteka-bank bo'sh ish o'rinlari bo'yicha yarmarkada ishtirok etdi.

Joriy yilning 7-8 may kunlarida Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tgan har yilgi JobFair 2019 12-Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida “Ipoteka-bank” ATIB faol ishtirok etdi.

MyJob.uz amaliy tarmog'i odatiy bir kunlik dasturlaridan farqli o'laroq JobFair 2019 Bo'sh ish o'rinlar yarmarkasi yangi formatda tashkil etildi. Yarmarka 2 kunga mo'ljallangan bo'lib, birinchi kun “Ipoteka-bank” ATIBning 3 nafar xodimlari Rossiyada rektuting sohasida eng kuchli ekspertlardan biri – Ilgiz Valinurovning “Turborekruting: xodimlarni qay tarzda raqobatchilardan tezroq topish mumkin?” mavzusiga bag'ishlangan seminarida ishtirok etdilar.

Tadbir bevosita “Ipoteka-bank” ATIB xodimlari tarkibini zamon talablariga javob beradigan, chuqur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan xodimlar bilan to'ldirish, mehnat bozorining professional ishtirokchilarini bank tarkibiga jalb etish bo'yicha zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishida muhim zamin bo'lib xizmat qildi.

Shu bilan birga “Ipoteka-bank” ATIB bir qator tajribali ish topish yoki ish joyini o'zgartirmoqchi bo'lgan a'zolar bilan suhbat o'tkazish kunini belgiladi. Aytish mumkinki mazkur tadbir “Ipoteka-bank” ATIB brendini mehnat bozorida yanada tanitish uchun muhim qadam bo'ldi.

Back to the list