2018 yil 16 aprel kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida «Aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo'lgan ko'p qavatli uy-joylarga ajratiladigan kreditlarni berish tartibini soddalashtirish, shaffof va xolisligini ta'minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar to'g'risida» mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g’risida” 2018 yil 5 martdagi PQ-3584-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2018 yil 16 aprel kuni «Ipoteka-bank» ATIB 111,66 mlrd.so'm hajmdagi 15-chi qo'shimcha chiqarilish aksiyalarini joylashtirdi. Aksiyalar chiqarilishi joylashtirilgandan so'ng, bank ustav kapitali 957,7 mlrd.so'mni tashkil etdi.
2018 yil 23 martida «Moody's» xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha B2 reytinglarini tasdiqladi. Ipoteka-bankning barcha reytinglari "Barqaror" istiqbolga ega.
Toshkent viloyati Pskent tumanidagi aloqa bog’lamasi binosini rekonstrukciya qilinishi munosabati bilan mazkur aloqa bog’lamasida joylashgan Pskent filiali bank telekomunikaciyalar tarmog’ini 2018 yil 14 aprel soat 10:00 dan 16:30 gacha bo'lgan vaqt oralig’ida ish faoliyatini to'xtashini ma'lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun oldindan uzr so'raymiz.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaymoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.
Eksport faoliyatini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga
O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutada to‘lash tartibi o‘zgardi. Bu Markaziy bank boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 14-martdagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlar guruhi joriy yil 26-fevral – 13-mart kunlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bank-moliya, iqtisodiyot, soliq, statistika tizimidagi islohotlar samaradorligini o‘rgandi.