MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

21-10-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

O‘zbekiston suveren kredit reytingini olishni rejalashtirmoqda

27-09-2017

O‘zbekiston suveren kredit reytingini olishga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

«Biz suveren reyting olish ishlarining eng boshlang‘ich bosqichidamiz. Citibank maslahatchimiz bo‘lishi mumkin, ehtimol banklar konsorsiumi bo‘lishi ham mumkin — yaqin kelajak buni ko‘rsatadi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, suveren kredit reytingini olish uchun arizani rasmiylashtirish dasturi yaqin vaqtlar ichida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Jamshid Qo‘chqorov hukumat suveren reytingni xorijdan mablag‘larni jalb qilish manbalarini diversifikatsiya qilish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Uning ma’lum qilishicha, suveren reyting olinganidan so‘ng O‘zbekistondagi yirik kompaniyalar va banklar xuddi shunday reyting olishi va bozorga mablag‘larni jalb qilishi mumkin.

Mamlakat kredit reytingining olinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning o‘sishi, xorijiy sheriklar bilan hamkorliklarning kengayishi, shuningdek banklar va tadbirkorlarga jahon moliya bozorida pastroq stavkalarda kredit mablag‘larini jalb qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi.

Ma’lumot uchun, suveren reyting, bu — biror hukumatning kelgusida inqirozga uchrash-uchramasligi ehtimolini namoyon etuvchi ko‘rsatkich. Bugungi kunda Moody’s, Standard & Poor’s va Fitch Ratings kabi nufuzli reyting agentliklari faoliyat olib bormoqda. Ular reyting tuzishda tuzishda hukumatlar tomonidan tashqi qarzlarning yopilishi, shuningdek iqtisodiy barqarorlik darajasiga katta ahamiyat qaratadi.