MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

20-10-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

O‘zbekiston valyuta siyosatining erkinlashtirilishi oqibatlarini yengillashtirish uchun JB zayomini jalb etmoqchi

29-09-2017

O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtishning real sektor korxonalari va ijtimoiy sohaga ta’sirini yengillashtirish uchun Jahon bankining 1 mlrd dollargacha miqdordagi zayomini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqdagi kelishuvga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan. 27 sentyabrda esa davlat rahbarining «O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosat sheriklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Zayomning dastlabki shartlari muhokamasi joriy yil noyabrida boshlanishi, kelishuv loyihasi esa kelgusi yilning ikkinchi-uchinchi choragida JB direktorlar kengashi tasdig‘iga kiritilishi lozim.