MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

20-10-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Mamlakat hududida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish bo‘yicha hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish to‘g‘risida

6-10-2017

Mamlakat hududida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) chet el valyutasida shakllantirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi o‘rnatib qo‘yilgan.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga binoan xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar hissa sifatida qo‘shilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini milliy va chet el valyutasida, naqd va naqdsiz shaklda hech qanday cheklovlarsiz kiritish mumkinligini ma’lum qiladi.