MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

19-11-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

8-11-2017

Ayni kunlarda mamlakatimizda o'zbek xalqining buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi va benazir inson Sharof Rashidovning 100 yillik tavalludi munosabati bilan turli anjumanlar, davra suhbatlari, adabiy uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.

Ipoteka-bank Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Sharof Rashidov hayoti va faoliyatini o'zida aks etuvchi “Штриху к портрету” kitobining muallifi tarixchi olim Saidakbar Rizaev bilan bo'lib o'tgan uchrashuv shular jumlasidandir.

Tadbirda oddiy xalq orasidan chiqqan haqiqiy yurtparvar rahbar Sharof Rashidovning XX asr ikkinchi yarmida olib borgan fidokorona mehnati mamlakatimiz rivojiga qo'shgan hissasi faktlarga asoslangan ma'lumotlar bilan yoritib berildi. Uning rahnomoligida respublikamiz iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan, ta'lim va sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at sohalarida ulkan muvafaqqiyatlarga erishilganiga e'tibor qaratildi. Shuningdek tadbirda u kishi o'zining boy tafakkuri teran aql zakovati, qolaversa, yuksak bilim va tajribasi, chin insoniy fazilatlari bilan yosh avlodga haqiqiy namuna bo'lishiga alohida urg'u berildi. Tarixchi olim Saidakbar Rizaev juda murakkab va mashaqqatli davrda davlat rahbari sifatida faoliyat olib borgan ulug' insonning yurt manfaati, yo'lida amalga oshirgan ezgu ishlari xalqimiz qalbida yaxshi nom va so'nmas xotira bo'lib qolishini faxr bilan tilga oldi.

Bank xodimlari Sharof Rashidov hayotiga doir misollarga boy voqeiliklar bilan tanishar ekanlar, bu borada yoshlarga kasbiy faoliyatda yanglishmaslik, ishga ma'suliyat bilan yondashish kabi ko'nikmalar bugungi kun uchun ham nihoyatda ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi.