uz
Internet banking

Kichik biznesni moliyalashtirish

Kichik biznesni moliyalashtirish dasturi doirasida bank sizning e’tiboringizga biznes uchun keng ko‘lamdagi kreditlarni taklif etadi.

Kreditlarimizning turlari biznesni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan masalalarni hal qilishga imkon beradi.

Kredit taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda Ipoteka-bank mijozning haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bunda e’tibor rasmiy ko‘rsatkichlarga emas, balki moliyalashtirish nazarda tutilgan biznesning rivojlanish istiqbollariga qaratiladi.

Har bir shaxsga bo‘lgan alohida yondashuv Ipoteka-bankka kichik biznes sub’ektlari uchun eng qulay shartlarda kreditlarni taklif qilishga imkon beradi.

Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bozor kon’yunkturasi va qarzdorning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Foizlar kredit qarzdorligining qolgan qismiga hisoblanadi, bu mijozlarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirmaslikka imkon beradi.

Kichik biznesni moliyalashtirish