Imtiyozli kreditlash jamg‘armasidan kreditlash

Kimlarga beriladi

Kredit uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan (O’zR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan O’zR Markaziy banki bilan birgalikda aniqlagan) tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ajratiladi

Kreditning maqsadi:

  • qurilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va qayta ta’mirlash
  • ishlab chiqarish binolari;
  • mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar, inventarlar, urug‘lar, uy hayvonlari va parrandalar xarid qilish;
  • xom-ashyo va materiallar, jumladan, yem-xashak, omuxta yem, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-yog‘lash materiallari va ekin maydonlarini qayta ishlash bo‘yicha mexanizatsiyalashgan xizmatlarni sotib olish.

Valyuta

O’zbek so‘mi

Summa

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 2000 barobarigacha hajmda

Foiz stavkasi

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi

Muddati

  • yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan sub’ektlarga – 1 yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • fermer xo‘jaliklari hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga – 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga;
  • kichik tadbirkorlikning barcha sub’ektlariga, jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga - 5 yilgacha bo‘lgan muddatga.

Ta’minot

  • garov mulki yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
  • boshqa shaxslar kafolati;
  • sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan olingan kreditni so‘ndirilmasligi tavakkalchiligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

Kredit olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati – 3 bank ish kuni