uz
Internet banking

Yosh tadbirkorlar uchun mikrokreditlar

Kredit oluvchiga talablar

Mikrokredit, yosh oila nomiga rasmiylashtirilishi sababli, juftlikning har ikkalasi birinchi nikohda bo‘lgan, yoshi 30 dan oshmagan, doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘lishi lozim

Mikrokreditning maqsadi:

  • mini jihozlarni xarid qilish uchun;
  • xom-ashyo xarid qilish uchun;
  • aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun;
  • savdo faoliyatini tashkillashtirish uchun;
  • servis va maishiy xizmatlarni rivojlantirish uchun;
  • turizmni rivojlantirish uchun;
  • tibbiy xizmatlarni rivojlantirish uchun;
  • asosiy vositalarni xarid qilish uchun;
  • ishlab chiqarishni kengaytirish uchun.

Valyuta

o’zbek so‘mi;

Foiz stavkasi

Loyiha maqsadidan kelib chiqib

Summa

O’zR qonunchiligida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 1000 barobarigacha

Muddati

  • aylanma mablag‘larini to‘ldirishga 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi;
  • asosiy vositalarni sotib olishga 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi;

Ta’minot

  • garov mulki yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
  • boshqa shaxslar kafolati;
  • sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan olingan mikrokreditni so‘ndirilmasligi tavakkalchiligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Kredit olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati – 3 bank ish kuni