uz
Internet banking

Savdo ekvayringi

Ekvayring — to‘lovga plastik kartalarni qabul qilish.

Agar Siz to‘lovlarni qabul qilish vositasida savdo-xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirsangiz, Ipoteka-bank Sizga taqdim etilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida UZKART banklararo to‘lov tizimining barcha ishtirokchi-banklarining kartalarini qabul qilishga imkon beruvchi xizmatni (savdo ekvayringi) taklif qiladi.

Korxonangizdagi amaliyotlarning qanday hajmi kartalar bo‘yicha amalga oshirilayotganligi yoki amalga oshirilishi rejalashtirilayotganligiga bog‘liq ravishda bank sizga zarur jihoz – savdo terminalini ijara asosida taqdim etadi.

Tovarlar va xizmatlar uchun bank kartalari vositasida to‘lov tezkor tarzda amalga oshiriladi, amaliyotlarni o‘tkazish vaqti naqd pul yordamidagi hisob-kitoblarni o‘tkazish bilan deyarli bir xil.

Savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor uchun afzalliklar:

  • bank kartalari egalarini jalb qilish hisobiga mijozlar bazasini kengaytirish;
  • hisob-kitoblarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash;
  • savdo aylanmasini orttirish (karta egalari naqd pullarning mavjudligi bilan bog‘liq cheklovga ega emaslar, shuning uchun ular rejalashtirmagan xaridlarni qilishga ko‘proq darajada moyildirlar);
  • Bank tomonidan kerakli jihozlarning (savdo terminallari) o‘rnatilishi;
  • taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov variantlari ko‘lamini kengaytirish;
  • naqd pul mablag‘larini inkasso qilish uchun sarflanadigan xarajatlarning qisqarishi.