uz
Internet banking

Hisobraqam ochish va yuritish

Ipoteka-bank tadbirkor-rezidentlar va norezidentlar uchun hisobraqamlarni milliy valyuta, AQSh dollari va Yevroda ochadi va yuritadi. Ochilayotgan hisobraqamlarning soni cheklanmagan, shu bilan birga ikkinchi va keyingi hisobraqamlar ochishda mijoz bankka hujjatlarni taqdim etishi yetarli.

Hisobraqamni ochish jarayoni hujjatlarning to‘liq jildi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki bank ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqtni oladi. Hisob-kitob hisobraqamini ochishda Ipoteka-bank xodimi mijozning xohishi bo‘yicha mijozning hisobraqamini ochishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar nusxalarini tayyorlashi hamda imzolarning va muhr namunasi ko‘rsatilgan kartochkani rasmiylashtirishi mumkin.

Hisobraqamni ochish uchun Ipoteka-bankka korxonangizning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq holda hujjatlarni taqdim etish zarur.