uz
Internet banking

Milliy va xorijiy valyutadagi o‘tkazmalar

Ipoteka-bank kichik biznes sub‘ektlarining milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini hisobvaraqdan chiqarish va kirim qilish xizmatini ko‘rsatadi. Bank tomonidan kichik biznes sub‘ektlarining hisob-kitob amaliyotlari amalga oshirish uchun tariflar ishlab chiqilgan. Milliy valyutadagi o‘tkazmalar Ipoteka-bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining electron hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshiriladi, bu esa mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini ulardan olingan kunning o‘zida ijro etish imkoniyatini beradi.

Xorijiy valyutadagi o‘tkazmalar Ipoteka-bankning yirik xorijiy banklarda ochilgan vakillik hisobraqamlari tarmog‘i orqali amalga oshiriladi, shu bilan birga Ipoteka-bank joriy amaliyotlar kunidagi shoshilinch o‘tkazmalarni AQSh dollari, Yevro va boshqa xorijiy valyutalarda amalga oshiradi.

Kichik biznes sub’ektlarining kelib tushgan milliy va xorijiy valyutadagi mablag‘larini ularning hisobvaraqlariga kirim qilish o’sha kunnnig o’zidayoq bepul tarzda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi «O’zbekiston Respublikasi investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4609-sonli Farmoniga asosan, kichik biznes sub’ektlarining Davlat byudjetiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘tkazishda xizmat xaqi undirilmaydi. Buning uchun bunday mijozlar tomonidan bank filialiga kichik biznes sub’ektiga mansubligi bo‘yicha ma’lumot taqdim qilishlari lozim bo‘ladi.